SULTONHOVUZ

SULTONHOVUZ — Mirzachoʻldagi oqmas koʻl. Sirdaryoning chap sohilida. Daryoning koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, yarimoy shaklida. Uning sharqiy sohili ancha yotiq va qayirga astasekin tutashib ketadi, qolgan sogʻillari esa lyossdan iborat, nisbatan baland (bal. 20 m dan ortiq). Koʻlning uz. 5 km, eni 1—2 km, chuqurligi oʻrtacha 1—3 m. Sirdaryoning qad. qoldiq oʻzani. Koʻl atrofidan sizib keladigan shoʻr yer osti suvi va partov suv hisobiga toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib, kuzda ancha sayozlanadi. Suvi shoʻrroq, 1 l suvda 5—8 g tuz bor (asosan, gidrokarbonatsulfat tuzlari); baʼzan suv kam boʻlgan vaqtlarda kuchli bugʻlanish natijasida suvda xlorid tuzlari toʻplanadi. Shuning uchun ham koʻl qirgʻoqlari botqokli shoʻrxokdan iborat. Yuzasi qamish va qoʻgʻalar bilan qoplangan. Koʻlda ondatra va nutriya boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: SULTONHOVUZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SIRDARYO
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты