TAGISKEN

TAGISKEN — soʻnggi jez davriga oid arxeologik yodgorlik. 1959-y. Qiziloʻrda (Qozogʻiston) sh. ning jan. gʻarbi, Sirdaryoning qad. oʻzani Inqardaryo yaqinidan topilgan. Tagisken 1960—63 y. larda SSSR FA Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (SP. Tolstoye rahbarligida) tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqotlar natijasida Tagiskendan 70 dan ziyod mozorqoʻrgʻon aniqlangan. Dafn inshootlari ulkan boʻlib, ayrimlarining diametri 25 m gacha. Tagisken 2 qismdan: Shim. Tagisken va Jan. Tagiskendan iborat. Shim. Tagisken mil. av. 9—8alarga oid boʻlib, xom gʻishtdan qilingan hashamatli dafn inshooti qoldiqlari va uning atrofidan 14 ta har xil hajmdagi qabr topilgan. Ularga qabila boshliklari, atrofdagi qabrlarga esa, ularning qarindoshlari dafn etilgan. Qabrlardan oltin va jez isirgʻa, marjon, jez mix, oʻroq, paykon va sopol idish (koʻza, kosa, tuvak)lar topilgan. Janubiy Tagiskendan mil. av. 7—5-a. larga oid sak qabilalarining dafn inshootlari ochilgan. Qabrlardan egarjabduq, jez oʻq uchi, yogʻoch qinli shamshir, oyna va naqshlangan sopol idishlar, skifcha usulda ishlangan oltin bilaguzuklar, egarjabduklarning jezdan yasalgan buyumlari topilgan. Moddiy madaniyatda soʻnggi jez davriga oid mahalliy madaniyat anʼanalari bilan Oʻrta Osiyo jan. dagi birmuncha yuksak madaniyat Jan. Ural savromatlari, Qozogʻiston saklari va Jan. Sibirning skif tipidagi madaniyati bilan aloqador boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TAGISKEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
QOZOGʻISTON
XORAZM VILOYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты