SULFID RUDALARI

SULFID RUDALARI — metallning oltingugurtli (sulfid yoki kolchedanlar), shuningdek, selenli, tellurli, mishyakli va surmali birikmalaridan tarkib toptan tabiiy mineral hosilalar. Sulfid rudalari dan, asosan, Ni, Co, Cu, Zn, Pb, Mo, Bi, Sb va Hg olinadi. Sr. tarkibida sulfidlardan tashqari, nometall (kvars, kalsit baʼzan barit, slyuda) minerallar ham boʻladi. Tarkibidagi sulfidlar va b. minerallarning oʻzaro nisbatiga koʻra, ya x l i t yoki massiv (sulfidi koʻproq) Sulfid rudalari bilan tomirli yoki xolxol (nosulfid minerali koʻp) va kompleks (polimetall) Sulfid rudalari boʻladi. Oddiy, yoki monometalli va kompleksli yoki tarkibida mis, rux, qoʻrgʻoshin sulfidlari boʻlgan polimetall Sulfid rudalari keng tarqalgan (q. Polimetall rudalar.); ularga mis, kobalt, nikel, surma va simob rudalari ham kiradi. Koʻpgina Sulfid rudalarida Pt, Au, Ag, Cd, In, Se, Te aralashma holida uchraydi. Sulfid rudalari konlarining kupi endogen konlarga mansub boʻlib, ular orasida gidrotermal konlar ayniqsa koʻp. Ruda tanalari koʻpincha tomir, qatlam, linza, shtok va quvursimon yotqiziqlardan iborat; uzunligi va chuqurligi yuzlab m dan bir necha km ga yetadi. Ularda Sulfid rudalari zaxirasi yuzlab mln. va hatto mlrd. t. ga, ruda tarkibidagi metall birikmalari esa 0,1%dan bir necha oʻn %ga yetadi. Sulfid rudalari konlari Oʻrta Osiyoda Qoramozor, Qizilqum, Chatqol, Turkiston togʻlarida bor (ya na q. Kolchedanlar).


Lotin alifbosida maqola: SULFID RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
NIKEL
SURMA RUDALARI
OLTIN RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты