TADBIRKORLIK — kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat, biznesning asosiy turi; T. mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi krnunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat koʻrsatishidir. Tadbirkorlik noyob qobiliyat, yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan bir qatorda iqtisodiyot va ishlab chiqarish. ning bosh omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik biznesga kiradi, lekin har qanday biznes T. boʻlavermaydi. Biznesda tovar va xizmatlar yaratilib, bozordagi talab krndirilganda Tadbirkorlik faoliyati yuzaga keladi.
Tadbirkorlik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqalsada, Tadbirkorlik tushunchasi 18-a. da paydo boʻlgan va koʻpincha «mulkdor» iborasi bilan bir maʼnoda qoʻllanilgan. Xususan, A. Smit tadbirkorni foyda olish uchun bironbir tijorat gʻoyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish koʻruvchi mulkdor deb tavsiflaydi. Hoz. zamon Gʻarb adabiyotida ham Tadbirkorlik foyda olish maqsadida xoʻjalik yuritish sanʼati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik va tashabbusning erkin namoyon boʻlishi, novatorlik, xavfxatarga doim tayyor turish kabi belgilar bilan tavsiflanadi.
Tadbirkorlik quyidagi tamoyillarga tayanadi: bozor talabiga koʻra mustaqil iqtisodiy faoliyat olib borish; foyda olishdan iborat maqsadga ega boʻlish; iqtisodiy masʼuliyat va majburiyatni oʻz zimmasiga olib, tavakkaliga ish kila bilish; yangilikka intilish; belgilangan qonunqoidalarga rioya qilish; tadbirkorlik sirini saklash; ijtimoiy masʼuliyatni his etish, yaʼni oʻz jamoasi, xalqi farovonligini taʼminlashni oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishi deb bilish va b. Tashkiliy jihatdan Tadbirkorlik jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan iborat. Tadbirkorlik biznes sifatida, asosan, sanoat, agrar va servis sohalarda kechadi. Tadbirkorlik mulkiy jihatdan 4 xil kurinishga ega: davlat tadbirkorligi; xususiy tadbirkorligi; jamoa tadbirkorligi; aralash Tadbirkorlik
Ish koʻlami jihatidan kichik, oʻrta va yirik Tadbirkorlikka bulinadi. Ular birbiridan kapital mikdori, ishlovchilar soni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati (hajmi) va olingan foyda miqdoriga qarab farqlanadi. Tadbirkorlik gʻoyat murakkab faoliyat boʻlganidan, maxsus isteʼdod, tayyorgarlik va tajribani talab qiladi. Yer yuzida Tadbirkorlik bilan aholining 8—10% shugʻullanadi, xolos. Xitoyda 2002-y. da aholining 12,5% T. qilgan. Oʻzbekistonda 2003-y. mehnatga layoqatli aholining 15,4% T. bilan shugʻullandi. Ulardan mikrofirma sohiblari (ming kishi) — 214,0, kichik korxona egalari — 17,3, urta korxona egalari — 7,4, fermerlar — 87,5, yakka tartibda Tadbirkorlik kiluvchilar — 97,1, mayda dehqon xoʻjaligi sohiblari — 160,0dan iborat buldi (2004). Oʻzbekistonda Tadbirkorlik tarixan koʻhna hodisa hisoblansada, bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati bilan oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 20-a. ning 90y. laridan boshlab kichik va urta savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga xizmat kursatish korxonalarining xususiylashtirilishi munosabati bilan xususiy Tadbirkorlik ancha rivojlandi. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida «Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida» qonuni (1991, 15 fev.), «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida» (1995, 12 dek.), «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida» (1999, 15 apr.). «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida» (2000, 25 may) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-y. 23 fev. dagi «Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllabquvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisidagi» farmoni Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi boʻlgan tadbirkorlar toifasini shakllantirishga huquqiy bazani yaratdi.
Ahmadjon Oʻlmasov, Rustam Hasanov.