SULFOKISLOTALAR, sulfon kislotalar, RSO,H (R — alifatik, geterotsiklik yoki aromatik qatorning uglevodorod radikali) — tarkibida sulfoguruh (—SO3H) boʻlgan kislotalar: suvda yaxshi eriydi. Sulfokislotalar kislotalik darajasiga koʻra mineral kislotalarga yaqin.
Sulfokislotalarning muhim xususiyati oʻz tarkibidagi sulfoguruhni boshqa funksional guruxlarga almashtira olishidir. Aromatik Sulfokislotalar asosiy organik sintezning muhim mahsuloti (mas, fenollar ishlab chiqarish. da); azoboʻyoklar, dorivor moddalar (sulfanilamid moddalar), ion almashtiruvchi smolalar va b. tayyorlashda ishlatiladi. Alifatik Sulfokislotalarning ammoniyli tuzi (sulfonatlar) yuvuvchi moddalar uchun komponent sifatida qoʻllanadi. Anorganik kimyoda «Sulfokislotalar» termini baʼzan tiokislotalar oʻrnida ham ishlatiladi. Sulfokislotalar radikallarining tabiatiga qarab, boshqa oʻrin almashgan guruxlar va sulfoguruhning soni bilan sinflanadi. Sulfokislotalarga alkansulfokislotalar, aromatik S, alkilaromatik S, oksisulfokislotalar, aminosulfokislotalar kiradi.