SULFOKISLOTALAR

SULFOKISLOTALAR, sulfon kislotalar, RSO,H (R — alifatik, geterotsiklik yoki aromatik qatorning uglevodorod radikali) — tarkibida sulfoguruh (—SO3H) boʻlgan kislotalar: suvda yaxshi eriydi. Sulfokislotalar kislotalik darajasiga koʻra mineral kislotalarga yaqin.

Sulfokislotalarning muhim xususiyati oʻz tarkibidagi sulfoguruhni boshqa funksional guruxlarga almashtira olishidir. Aromatik Sulfokislotalar asosiy organik sintezning muhim mahsuloti (mas, fenollar ishlab chiqarish. da); azoboʻyoklar, dorivor moddalar (sulfanilamid moddalar), ion almashtiruvchi smolalar va b. tayyorlashda ishlatiladi. Alifatik Sulfokislotalarning ammoniyli tuzi (sulfonatlar) yuvuvchi moddalar uchun komponent sifatida qoʻllanadi. Anorganik kimyoda «Sulfokislotalar» termini baʼzan tiokislotalar oʻrnida ham ishlatiladi. Sulfokislotalar radikallarining tabiatiga qarab, boshqa oʻrin almashgan guruxlar va sulfoguruhning soni bilan sinflanadi. Sulfokislotalarga alkansulfokislotalar, aromatik S, alkilaromatik S, oksisulfokislotalar, aminosulfokislotalar kiradi.


Lotin alifbosida maqola: SULFOKISLOTALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ION ALMASHTIRUVCHI SMOLALAR
TOSHKENT
MINERAL
YUVUVCHI VOSITALAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты