SULFOLASH — sulfat kislota yoki koʻp mikdorda SO3 saklovchi oleum taʼsirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi oʻrniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi.
Sulfolash boshka elektrofil almashinish reaksiyalariga (mas, nitrolash) karamaqarshi oʻlaroq qaytar reaksiyadir. Sulfoguruxning aromatik yadroning qaysi joyiga joylashishi reaksiya sharoitiga bogʻliq. Shuning uchun Sulfolashni amalga oshirishda avval sulfolovchi vosita tanlab olinadi. Yumshoq sharoitda Sulfolash uchun sulfat kislota yoki sulfat angidridning turli erituvchilar (xloroform, suyuq oltingugurt (II) oksid)dagi eritmasi ishlatiladi. Sanoatda Sulfolash uchun, asosan, sulfat angidridning havo bilan aralashmasi qoʻllanadi.
Alifatik birikmalarga sulfoguruh, odatda, bilvosita usulda, chunonchi: ultrabinafsha nur vositasida uglevodorodlarga sulfit angidrid SO2 va xlor taʼsir ettirib kiritiladi. Sulfolash hosilalari kislotalar taʼsiriga chidamsiz. Sulfolash va sulfoxlorlash sulfokislotalar, ion almashtiruvchi smolalar va b. ishlab chiqarish. da keng qoʻllanadi.