SUMALAK

SUMALAK — taom turi. Servitamin, xushxoʻr va tansiq taom. Tayyorlash usuli: jaydari qizil, qayroqi bugʻdoy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qoʻyiladi. Bugʻdoy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorugʻroq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bugʻdoy maysasi (koʻk) igna boʻyi boʻlganda (3—4 kundan soʻng) uni boʻlaklarga boʻlib, taxtadan ajratib olinadi. Koʻk qiymalanadi yoki oʻgʻirda tuyiladi va ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bugʻdoy uchun 2 kg bugʻdoy uni, 1 kg paxta yogʻi kerak. Qozonda paxta yogʻi dogʻlanib sovitiladi. Yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda kaynatiladi.

Soʻngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga olmasligi uchun krzonga yongʻokdek keladigan 15—20 ta silliq toshchalar va 10—12 dona yongʻoq yuvib solinadi va yogʻoch kurakcha bilan betoʻxtov kovlab turiladi. Sumalak 10—12 soat qaynatiladi. Tayyor Sumalakning rangi och jigarrang, quyuq ataladek, mazasi shirin boʻladi. Sumalak yetilgach, krzonning olovi olinib, 5—6 soat dimlab qoʻyiladi.

Sumalak qadimdan, ayrim maʼlumotlarga koʻra 3000-y. dan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshlanishi arafasida, Navroʻzaa. tayyorlab kelinadi. 20-a. ning 90yillaridan boshlab Sumalak pishirish Navroʻz bayramida, ayniqsa, ayollar oʻrtasida katta tantana bilan oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: SUMALAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
XITOY
BEMORNI PARVARISH QILISH
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты