TAZAR

TAZAR — yer ostidagi suv, yomgʻir, kor suvlarini yigʻib shahar tashqarisiga chiqarish va oqindilar uchun katta (yoʻgʻon) sopol quvurdan yoki gʻisht va loydan tayyorlangan maxsus qurilma. Qadimdan zahob yerlarning suvini qochiradigan zovur uslubidagi kuvurlar boʻlgan. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Hindistonda Tazar qoʻllanilgan. Dalvarzintepadan mil. 2—3-a. larga oid boyzodagon uyining poli ostidan (3,5 m chuqurlikdan qazib olingan 20 ta Tazarning uz. 93—98 sm, diametri 42 — 46 sm boʻlgan) topilgan. Afrosiyobdan, Tojikistonning Qoʻrgʻontepa budda ibodatxonasidan (2—3-a. lar), Termizdagi Qoratepa budda ibodatxonasidan (2—3-a. lar), Afgʻonistonning Oyxonim sh. xarobasidan (mil. av. 4-a.), Marvpe. t Abdullaxon shaharqalʼa xarobasidan topilgan Tazarlar oʻziga xosdir. Oʻrta Osiyoda (11—16-a. lar) ark, oʻrda, qalʼa, turar joy meʼmorligi, Madrasa va hammomlar qurilishida Tazardan foydalanilgani haqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Hozirgi kunda koʻpqavatli uylar, jamoat binolari va b. qurilishlarda kanalizatsiya tizimidan foydalanilmokda.


Lotin alifbosida maqola: TAZAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
TURAR JOY
YUNONISTON
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты