TAZOD

TAZOD, mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi: Gahe tobtim falakdan notavonligʻ, Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ. Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda, Base achchigʻchuchuk togtim jahonda.

(Navoiy).

«Notavonligʻ — komronligʻ», «issiqsovuq», «achchigʻ-chuchuk» soʻzlari vositasida Tazod yaratilgan. Tazod, dastlab folklor va qad. badiiy adabiyotda ishlatilgan. Navoiy asarlarida yuksak sheʼriy sanʼat darajasida taraqqiy etgan. Oʻzbek shoirlari ijodida ham Tazod uchraydi (Gʻ. Gʻulom, «Sen yetim emassan», E. Vohidov, «Yurak va akl» va b.). Ad.: Husayniy A., Badoyiʼ ussanoyiʼ, Tazod, 1981.


Lotin alifbosida maqola: TAZOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
XALQ IJODI
HUSAYNIY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты