SUMI

SUMI — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Xarkov — Vorojba yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 293,1 ming kishi (2001). Sumiga 1652-y. da asos solingan. 1658—1765-y. larda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-y. dan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-y. dan Xarkov noibligining uyezd shahri. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-y. da Sumi viloyati markazi.

Sumi — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik («Nasosenergomash» ishlab chiqarish. birlashmasi, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektron mikroskoplar, «Sumselmash» z-dlari), kimyo (fosfat oʻgʻitlar, kislota ishlab chikariladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut z-dlari, goʻsht k-ti), yengil (movut, tikuvchilik, poyabzal f-kalari) sanoatlari. Qurilish k-ti, mebel z-di bor.

Sumida pedagogika inti, Xarkov politexnika in-tining filiali, oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, oʻlkashunoslik, badiiydekorativ sanʼat muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Voskreseniye (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, SpasPreobrajeniye sobori (1776) saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: SUMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
UKRAINA
MEBEL SANOATI
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты