SUMSARSHERTOGʻ TOGʻLARI — Qashqadaryo havzasining yuqori qismidagi togʻlar. Zarafshon va Hisor tizmalarini tutashtiradi. Shim. da Jinnidaryo, jan. va jan. sharqsa Oqsuv daryolari oraligʻida joylashgan. Togʻlarni birbiridan Qorasuv daryosi (Oqsuvning oʻng irmogʻi) ajratadi. Sumsarshertogʻ Togʻlari kenglik boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi 2262 m. Tizmalarda Birdak (1647 m), Sangtor kabi dovonlar mavjud boʻlib, ular Oqsuv, Jinnidaryo, Qashqadaryo vodiylarini birbiri bilan bogʻlaydi. Tektonik jihatidan antiklinal struktura, silur, devon, boʻr, paleogen davrlari slanes, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, gil, gips, diorit, granit, granodiorit tog jinslaridan tuzilgan. Iklimi tog iqlimi, yillik yogʻin 600—700 mm, dare tarmoklari zich. Toʻq boʻz, togʻ jigarrang, togʻ oʻtloq tuproqlar, balandtogʻ oʻsimliklari, efemerlar, bugʻdoyiq, betaga, togʻ arpa oʻsimliklari, butalar, siyrak oʻrmonlar tarqalgan. Togʻ yon bagʻirlari, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi.