TAKASOQOL

TAKASOQOL (Dodartia L.) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda yagona turi — sharq T. i (D. orientalis L.) uchraydi. Poyasi sershox, deyarli bargsiz. Toʻpguli shingilsimon, 3—7 gulli, qoramtirbinafsha, shoxlari uchida siyrak shingillar hosil qiladi. Ildizi yaxshi rivojlangan. Iyunsent. oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻ etaklarida, yoʻl yoqalari, bogʻ va ekinzorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: TAKASOQOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
YER
BOGʻ TUZISH SANʼATI
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты