SURGI VOSITALARI — ichak peristaltikasini kuchaytirib, ich yurishini tezlashtiradigan modsalar. Sv. ichak shilliq pardasi retseptorlar (nerv uchlari) iga qitiqlovchi taʼsir koʻrsatadi. Surgi vositalari qabziyatda, odam zaharli moddalardan zaharlanganda ichakni tozalashda, shuningdek, meʼdaichak yoʻllarini tekshirish, operatsiyaga tayyorlash va b. xrllarda qoʻllanadi. Asosan, yoʻgʻon ichakka taʼsir koʻrsatadigan va butun ichak boʻylab taʼsir etadigan Surgi vositalari mavjud. Surunkali qabziyatda, asosan, yoʻgʻon ichakka taʼsir etadigan Surgi vositalari buyuriladi. Ular oʻsimlik (ravoch, itjumrut, sano) preparatlari boʻlib, tarkibida antraglikozidlar tutadi. Kimyoviy tuzilishi va taʼsiri jixatidan antraglikozidlarga oʻxshab ketadigan moddalar — fenolftalein va izofeninlar sintez yoʻli bilan olinadi. Bu guruh vositalari ingichka ichakdagi qazm jarayonini buzmasligi uchun uzoq muddat (yillar mobaynida) qoʻllanilishi mumkin. Ular har kuni yoki kunora, odatda, kechasi uykudan oldin buyuriladi va 8—12 soatdan keyin taʼsir koʻrsatadi. Tarkibida antraglikozidlar tutuvchi preparatlarga odam oʻrganib qolishi mumkin, shuning uchun ularni birini ikkinchisi bilan almashtirib ishlatishga toʻgʻri keladi.
Butun ichak boʻylab taʼsir etadigan Surgi vositalariga tuzli surgi va kanakunjut yogʻi kiradi. Tuzli surgi suvda yaxshi eriydi. U dissotsiatsiyalanganda ionlar meʼdaichak yoʻlida yaxshi soʻrilmaydi. Ichakda bu tuzning konsentratsiyasi koʻpayganda osmotik bosim oshib ketadi, bu oʻz navbatida suvning ichakda soʻrilishini toʻxtatib qoʻyadi. Bu jarayon ichakdagi suyuqlik xajmining ortib ketishi bilan boradi. Natijada ichak peristaltikasi kuchayib, ich yurishadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, tuzli surgilar ichakda suvdan boshqa moddalarning ham soʻrilishini toʻxtatadi. Shu sababli, ular zaharli moddalar meʼdaichak yoʻlidan kirib, zaharlanish yuz berganda davo sifatida ishlatiladi.
Kanakunjut moyining taʼsiri shunga asoslanganki, u oʻn ikki barmoq ichakda parchalanib, butun ichakning shilliq qavati retseptorlarini qitiqlab, peristaltikani kuchaytiradigan moddalar hosil qiladi (q. Ovqat hazm qilish sistemasi). Tuzli surgilar muntazam ishlatilganda, ular ichakni taʼsirlantirishi natijasida ichak shilliq pardasi yalligʻlanishi mumkin. Surgi vositalarini fakat vrach koʻrsatmasiga muvofiq ichish kerak, chunki baʼzi kasalliklar (mas, appenditsit bilan bogʻliq boʻlgan kabziyat)sya Surgi vositalarini oʻz bilgicha ichish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.