SURGUT

SURGUT — RF XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1965-y. dan). 1975-y. da Tyumen sh. bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Ob daryosining oʻng sohilidagi port. Aholisi 274,8 ming kishi (1998). Surgut 1593-y. Ostyak qalʼasi oʻrnida ostrog sifatida barpo qilingan. Shahar nomi unga yaqin boʻlgan Ob daryosining tarmoqchasi nomidan olingan. S. Sibirni ruslar tomonidan mustamlakaga aylantirishda tayanch markazi boʻlgan. 1782-y. dan Tobolsk namestnichestvosidagi shahar. 1804—67 y. larda shahar maqomida boʻlmagan. 1868-y. dan Tobolsk gubernyasi, 1898-y. dan uyezdi markazi. 1920y. lar boshida aholisi kamligi bois shaharchaga aylantirilgan. 1930-y. dan Tyumen viloyati tarkibidagi XantiMansilar milliy okrugida. 1950—60y. larda neft va gaz konlarining ochilishi munosabati bilan Surgut tez rivojlana boshladi. 1965-y. da shahar maqomini oldi. Neft qazib olish sanoatining yirik markazi. Gazni qayta ishlash, yogʻochsozlik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Uyjoy qurilish, baliqni qayta ishlash ktlari bor. Oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.


Lotin alifbosida maqola: SURGUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты