SURDINA (frans. sourdine; lot. surdus — jarangeiz soʻzidan) — musiqa cholgʻu asboblarida tovush kuchini pasaytirish hamda tembr (tovush tusi)ni qisman oʻzgartirish (yumshatish) uchun moʻljallangan moslama. Torlikamonli sozlarda Surdina uch tishli «taroq» shaklida boʻlib, xarak ustidan torlarni bosib turadi. Mis (baʼzan yogʻoch) puflama cholgʻu asboblarda esa Surdina noksimon yoki konus shaklida yasalib, sozlarning rastrubi («katta ogʻzi»)ga oʻrnatiladi. Fortepianoda Surdina vazifasini chap pedal bilan ishga tushiriladigan moderator bajaradi.