SURILMA

SURILMA — togʻ jinslarining gravitatsion jarayonlar taʼsirida yon bagʻir boʻylab pastga tomon siljishi. Surilgan togʻ jinslarining hajmi bir necha oʻn m3 dan 1 mlrd. m3 gacha boʻlishi mumkin. Surilma massa (tana), uzilish devori, sirpanish yuzasidan iborat (q. sxema). Qalinligi 1 m dan 20 m gacha va undan ortiq boʻladi. Surilmaning yuzaga kelishiga, asosan, yon bagʻirlar ostki qismida tayanchlarning yoʻqolishi yoki kamayishi sabab boʻladi. Ular esa yon bagʻirlarning suv yuvishi natijasida yemirilib qiyaligini ortishi, tog jinslarining nurash yoki yogʻingarchilik va yer osti suvlari taʼsirida ortikcha namlanishi sababli jinslar mustahkamligining kamayishi, seysmik harakatlar, joyning geologik sharoitlari hisobga olinmay olib borilayotgan qurilish va b. xoʻjalik faoliyatlari (yon bagʻirlarda yoʻllar qurilishi, bogʻ va ekinzorlarni ortiqcha sugʻorish va h. k.) oqibatida kelib chiqadi. Siljishning, asosan, 4 tipi farq qilinadi: sirpanish — bunda zoʻriqish qulab tushishi pogʻonasiga yetadi; yuvilish — yer osti eroziyasi vujudga kelib, qatlamlar orasi erib oqadi; suyulish — yon bagʻirlarda suvga toʻyingan qumgilli va lyossli jinslarda seysmik tebranishlar natijasida suv utkazmaydigan 2 qatlam oraligʻidagi loysimon massa oqib chiqadi; sudral ib tushish — doimiy bosim ostida sekinasta deformatsiyalanish. Surilma larning yuzaki, loyli oqim, seysmogen turlari ham bor. Seysmogen Surilmalar hajmi katta, chuqur, shiddatli boʻladi [mas, Usoy (1911), Fayzobod (1943,1947), Burchmulla (1946), Hait (1949), Hisor (1989) va b. |. S. larning aniq vaqtini oddindan aytish kiyin, chunki u meteorologik, gidrogeologik va seysmik omillar bilan bogʻliq. Surilma koʻp hollarda suvli va suv utkazmaydigan gilli qatlamlar navbatlanib joylashgan, yon bagʻirlar ostini suv yuvib ketgan joylarda roʻy beradi. Yuzasining qiyaligiga kaiab juda yotik (5°). yotik (5—15°). Surilma pogonalari yoki dongliklor tikroq (15—45°), tik (45°) yon bagʻirlarda sodir boʻladigan Surilmalar mavjud. Yuzasining chuqurligi yuza (1 m gacha), sayoz (5 m gacha), chuqur (20 m gacha) va juda chuqur (20 m dan ziyod) boʻlishi mumkin. Sathi bir necha m2 dan 500 — 600 m2 gacha. Surilmalar togʻli hududlar xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Ularga qarshi yon bagʻirlarda oʻsimliklar ekish, suvli qatlamga tushadigan suv miqsorini kamaytirish va b. tadbirlar amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda 2 mingga yaqin Surilma maydonlari qayd etilgan boʻlib, ularda soʻnggi 40 yil davomida 8 ming chamasida mayda va yirik S roʻi berdi. Avtomobil yoʻllari, kanallar, konlar, suv omborlari chekkasidagi qiyaliklarda texnogen Surilmalar soni 1980-y. dagidan 3—4 barobarga ortdi. Oʻzbekistonda Surilmalar, asosan, Chirchiq, Ohangaron vodiylari togʻ yon bagʻirlarida, Gʻalvasoy, Xoʻjakent, Ohangaron, Zagʻanasoy va b. joylarda, shuningdek, Tojikiston va Qirgʻizistonda koʻproq sodir boʻladi. Surilma dunyoning juda koʻp regionlarida uchraydi. Aholi yashaydigan joylarda vayronagarchiliklarga olib keladi. YUNESKO qoshida 2002-y. da S boʻyicha Xalqaro konsern tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: SURILMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
YER OSTI SUVLARI
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты