SURINAM

SURINAM (Suriname), Surinam Respublikasi (Repudlick Suriname) — Jan. Amerikaning shim,sharqiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 163,3 ming km2. Agʻolisi 436,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Paramaribo sh. Maʼmuriy jixatdan 9 okrug (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Surinam — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-y. 30 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. dan Ronald Venetian), u parlament deputatlari tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar maxkamasi (vitseprezident bosh vazir hisoblanadi) amalga oshiradi.

Tabiati. Surinam hududining koʻp qismi Gviana yassitogʻligida (eng baland joyi — Vilgelmina togʻi, 1280 m) joylashgan. Shim. payettekislik, qisman botqoqyaikdan iborat. Asosiy foydali kazilmalari: boksit, oltin rudalari, neft; shuningdek, temir rudalari, marganes, xrom, kamyob metallar (berill, niobiy, tantal) rudalari, gaz konlari ham bor. Ikdimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik tra 26—28°. Yillik yogʻin 2300 — 3000 mm. Koranteyn, Maroni, Surinam daryolari sersuv, serostona, faqat quyi qismida kema qatnaydi. Pasttekislikning shim. savanna, jan. dagi va yassitogʻlikdagi laterit tuprokdarda doim yashil oʻrmonlar oʻsadi. Mamlakat hududining 90% oʻrmon bilan band. Oʻrmonlarda maymun, puma, tapir, yaguar, qushlar, sudralib yuruvchilar (jumladan, anakonda), savannada chumolixoʻr, zirhlilar va b. yashaydi. Braunsberg tabiiy bogʻi va bir necha qoʻriqhonalar bor.

Aholisi surinamliklar — kreollar, hind va pokistonlik, indonez, negr, indeys, xitoy, yevropalik va b. Rasmiy til — niderland tili. Dindorlari xristian, islom, hinduiylik dinlariga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 51%. Muhim shaharlari: Paramaribo, NivNikkeri.

Tarixi. Surinamda qadimdan indeyslar yashab kelgan. 1499-y. ispan dengizchisi Alonso de Oxeda bu yerga yetib kelgan. 1551-y. golland savdogarlari Surinam daryosi quyilish joyida qishloq qurishgan. 1593-y. S. ni ispanlar, 1630-y. inglizlar, 1667-y. gollandlar bosib olgan. 1682-y. Niderlandiya hukumati Surinamni VestIndiya kompaniyasiga topshirgan, 1799-y. uni inglizlar bosib oldi. Plantatsiya xoʻjaligi tashkil qilish uchun Afrikadan qulnegrlar keltirila boshlandi. 1802-y. Amyen sulh shartnomasiga koʻra, S. Niderlandiyaga oʻtdi. 1863-y. S. da qulchilik bekor qilindi. 2-jahon urush davrida bu yerda Amerika qoʻshinlari joylashtirildi. 1945-y. 29 dek. da Niderlandiya Qirolligi S. ga ichki ishlar sohasida muxtoriyat huquqini berdi, tashqi siyosat va mudofaa masalalari Niderlandiya hukumati ixtiyorida qoldi. 1973-y. noyab. da Qonun chiqaruvchi kengashga oʻtkazilgan saylovda milliy partiyalar bloki gʻalaba qozondi. 1975-y. 25 noyab. da Surinam mustaqillikka erishdi. Oʻsha yil dek. dan S—BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 25 noyab. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. S. milliy partiyasi, 1946-y. asos solingan; Milliy birlik va birdamlik uchun partiya, 1947-y. tashkil etilgan; Ilgʻor islohotlar partiyasi, 1949-y. tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1987-y. asos solingan; Yangilangan taraqqiyparvar partiya. Ilgʻor kasaba uyushma federatsiyasi S47; Ilgʻor ishchilar tashkiloti, 1948-y. tuzilgan; S. kasaba uyushmalari kengashi, 1987-y. asos solingan; Davlat xizmatchilari federatsiyasi; S. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1951-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosini konchilik tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi. niki 10%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 58%. Boksit qazib chiqarish sohasida dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Oltin xam qazib olinadi. Sanoati alyuminiy, shakarqand, yogʻ, margarin ishlab chiqarish., taxta tilish, yogʻochsozlik, konserva korxonalaridan iborat. Yiligaoʻrtacha 1,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Q. x. mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Surinam hududining 1%dan kamroqerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: sholi, shakarqamish, banan, sitrus mevalar, kokos yongʻogʻi, sabzavot. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Baliq va krevetka ovlanadi. T. y. uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uz. 4,5 ming km. Asosiy dengiz portlari — Paramaribo va Mungo. Surinam chetga boksit, alyuminiy oksidi va alyuminiy, sholi, sitrus mevalar, yogʻochtaxta sotadi; chetdan xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar, sanoat uskunalari, transport vositalari, yoqilgʻi, oziqovqat sotib oladi. AQSH, Niderlandiya, Norvegiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — surinam guldeni.

Maorifi. 1976-y. 6—7 yohdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda 5 — 6 y. Davlatga qarashli maktablarda oʻqish bepul, xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Darslar kreol, niderland, ingliz tillarida olib boriladi. Pedagog kadrlar 1 ped. va 2 oʻqituvchilar in-tida tayyorlanadi. Paramariboda Surinam un-ti (1968-y. dan), Tropiklar i. t. instituti, Madaniyat markazi (kutubxonasi bilan), S. muzeyi (kutubxonasi bilan) ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. «Vare tayd» («Xaqiqiy vaqt», kundalik gaz., 1957-y. dan), «Vest» («Gʻarb», kundalik gaz., 1909-y. dan), «Omxoog» («Choʻqqi», katolik xaftanoma, 1955-y. dan). Surinam axborot agentligi (SNA), milliy axborot mahkamasi, 1977-y. asos solingan; «Stixting RadioOmrup Suriname», hukumat tijorat xizmati, 1965-y. tuzilgan. «Surinamse Televisi Stixting», hukumat telekoʻrsatuv tijorat xizmati, 1965-y. tashkil etilgan.

Adabiyoti. Surinam va niderland tilida rivojlanayotgan adabiyotini X. Sxauten (18a.), Y. King (19-a.) kabi shoirlar boshlab berishgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Surinam tili taqiqlandi, yarim asr mobaynida faqat niderland tilidagi asarlar nashr etiddi. A. Xelmanning hikoya va romanlari, A. de Komning sheʼrlari yuzaga keldi. 40y. larda Surinam tilini tiklash harakati boshlandi. Maʼrifatparvar I. A. Kunders xalqning milliy ongini uygotish uchun kurashdi. Shoirlardan A. Sangodaryoning «Kurash», K. Verlogenning «Porloq inqilob» toʻplamlari, R. Dobruning sheʼrlari ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdi. B. Vyanen, L. Van Myulirning qissa, hikoya va romanlari yeshlar hayetini, L. G. Ferrir, Rita Raman va Dobru asarlari Surinam xalqining mustaqillik yoʻlidagi kurashini aks ettiradi.


Lotin alifbosida maqola: SURINAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты