SURMA

SURMA (turkcha vggpe, lot. Stibium) , Sb — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 51, at. m. 121,25. Tabiiy Surma 2 ta barkaror izotopdan iborat. 121Sb (57,25%) va 124Sb(42,75%). S. ning sunʼiy izotoplaridan muhimlari 122Sb(T1/2q 2,8 kun), l23Sb(T]Gʻ2q 60,2 kun) va 125Sb(T|Gʻ2q 2 y.).

Surma juda qadimdan maʼlum. Sharq mamlakatlarida miloddan 3000-y. avval Sdan turli idishlar yasashgan. Qad. Misrda mil. av. 19-a. da surma yaltirogʻi (tabiiy) mesten yoki stem nomi bilan qoshni boʻyashda qoʻllangan. S. Yer poʻstining massa jihatidan 410~5% ini tashkil qiladi. Surma kristall va amorf shakllarda boʻladi. Kristall holdagi Surma oddiy sharoitda barqaror boʻlib, kumush kabi oq, yaltiroq, moʻrt metall. Suyuklanish t-rasi 630,5°, qaynash t-rasi 1640Q5°, zichligi 6,69 g/sm3. Birikmalarda Q5, Q3 va —3 valentli. Surma havoda qizdirilsa, amfoter Surma (III)oksid Sb2O3 ga aylanadi. Surmaning kislotali xossalarini namoyon qiladigan oksidi — Sb2O5 (antimonat angidrid) ham maʼlum.

Surma texnikada qotishma va birikmalar (200 dan ortiq qotishma tarkibiga qoʻshiladi) holida koʻp ishlatiladi, chunki Surma qoʻshilgan metallning qattiqligi ortadi, qiyin oksidlanadi. S qotishmalaridan muhimlari — qattiq qoʻrgʻoshin «gartbley», bosmaxona qotishmalari, babbitlar. S. ning alyuminiy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish. da qoʻllanadi. Oʻsimliklarda (100 g quruq modda hisobida) 0,06 mg, dengiz hayvonlarida 0,02 mg, quruqlikda yashaydigan hayvonlarda 0,0006 mg S boʻladi. Surma odam va hayvon organizmiga nafas yoʻllari yoki meʼdaichak orqali kiradi. Surmaning biologik ahamiyati toʻliq oʻrganilgan emas. Tibbiyotda Surma leyshmanioz va baʼzi gelmintoz (mas, shistosomatoz)ni davolashda qoʻllanadi. Surma va uning qotishmalari zaharli. Sdan kuchli zaharlanganda yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari, koʻz va teri zararlanadi. Sdan zaxarlanishdan saqlanish uchun S ishlab chiqarish. jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi, bino yaxshi shamollatilishi lozim.

Surma birikmalari. Surma vodorod bilan rangsiz, badboʻy, oʻta zaharli gaz — S. gidrid SbH2 (stibin) hosil qiladi. Suyuqlanish t-rasi — 88,5°, qaynash t-rasi 17°, zichligi 2,2 g/sm3 ( — 17° da, sutok, holatda). Surma qotishmalariga (ruxli yoki magniyli) suyultirilgan kislotalar taʼsir ettirib yoki Sb2O5 ni yuqori bosim ostida atomar vodorod bilan kaytarib olinadi. gacha qizdirilsa oʻzidan oltingugurt chiqarib, Sb2S, ga aylanadi. Rezina sanoatida kauchukni vulkanizatsiya qilishda ishlatiladi.

Ad.: Parpiyev N. A., Muftaxov A. G., Rahimov H. R., Anorganik kimyo, T., 2003; Axmerov Q., Jalilov A., Sayfutdinov R., Umumiy va anorganik kimyo, T., 2003.

Qudrat Axmerov.


Lotin alifbosida maqola: SURMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
NATRIY
TEMIR
KALSIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты