SURXONDARE VILOYATI ARXEOLOGIYA MUZEYI

SURXONDARE VILOYATI ARXEOLOGIYA MUZEYI, Termiz arxeologiya muzeyi — Markaziy Osiyoda yagona boʻlib, Termiz sh. ning 2500-yilligini nishonlash munosabati bilan tashkil etilgan (1998). Muzey binosi 100 ming eksponatni oʻz zahiralarida saklash imkoniyatiga ega. Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyining arxeologiya fondiga tegishli 8430 ta, numizmatika fondiga tegishli 5000 ta eksponat muzey hisobiga oʻtkazilgan. Hoz. kunga kelib, 10 mingdan ziyod arxeologik ashyoviy topilmalar, 9000 dan ortiq numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Muzey fondidagi eksponatlarning umumiy soni kariyb 20 mingga yetdi. 16 ming asar saqlanadigan ilmiy kutubxona fondi qam muzey tasarrufida (2004).

Muzey binosi ustunli peshayvon (galereya) tarzida qurilgan. Kirish zalidan koʻrgazmalar qoʻyilgan quyidagi 9 ta zalga oʻtiladi:

1) Surxon vohasi tosh davrida (mil. av. 100—3ming yilliklar);

2) Surxon vohasi jez davrida (mil. av. 3—1ming yillik boshlari); 3) Kds. Baqtriya madaniyati (mil. av. 1ming yillik boshlari — mil. av. 4-a.); 4) Baqtriyaning makedoniyalik Iskandar va ellinistik davlatlar davri madaniyati (mil. av. 329-y. — mil. av. 2-a. oʻrtalari);

5) Qad. Baqtriyaning Kushon davri madaniyati (mil. av. 1 — mil. 3-a. lar);

6) Shim. Toxariston ilk oʻrta asrlar davrida (mil. 4—7-a. lar);

7) Shim. Toxariston rivojlangan oʻrta asrlar davrida (9—12-a. lar 1choragi);

8) Termiz va Chagʻoniyonning Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (1370-y. — 16a. boshlari);

9) Surxon vohasi 16—20-a. boshlarida.

Zalning oʻrtasida pult bilan boshkariladigan Surxondare viloyatining topografik relyefi, arxeologik yodgorliklar xaritasi, toʻrda esa koʻhna Termiz sh. qalʼasining loiihasi qoʻyilgan. Surxondare viloyati arxeologiya muzeyi bazasida 2002-y. ning noyab. da Oʻzbekiston muzeylarining ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Muzey xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, anjumanlarda noyob eksponatlari bilan qatnashish imkoniyatiga ega.

Samad Shomatov.


Lotin alifbosida maqola: SURXONDARE VILOYATI ARXEOLOGIYA MUZEYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты