SURXON-ShEROBOD VODIYSI

SURXON-ShEROBOD VODIYSI — Oʻrta Osiyoning jan. dagi tog oraligʻi vodiysi. Asosan, Oʻzbekistonda, shim. sharqiy qismigina Tojikistonga qaraydi. Hududining chekka qismlari baland togʻlar bilan oʻralgan (jan. bundan mustasno), oʻrta qismi shim. dan jan. ga nishab tekislik.

Vodiy tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Alp togʻ hosil boʻlishi jarayonida (neogen va toʻrtlamchi davr) qad. geologik dengiz oʻrnida ulkan togʻ tizmalari va togʻ oraligʻi vodiylari paydo boʻlgan. Togʻlardan oqib tushgan daryolar oʻzanlarini tobora kengaytirib va chuqurlashtirib borishi natijasida turli geologik davrlarga mansub tub jinslari ochila borgan, choʻkmalar esa akkumulyativ jinslar bilan tuldirilgan. Vodiyning hoz. morfologik tuzilishida Yerning ichki (endogen) kuchlari bilan birga tashqi kuchlar — oqar suv, shamol, nurash va h. k. ning taʼsiri ham katta boʻlgan.

Vodiy mustaqil 2 dare vodiysi — Surxon va Sherobod vodiylaridan tashkil topgan. Har ikkala vodiy meridianal yoʻnalishga ega. Surxon vodiysi birbiriga teng Qoratog va Toʻpolon vodiylari bilan boshlanadi. Hisor tizmasi muzliklaridan (bal. 4000 m chamasi) boshlanadigan bu vodiylarning uz. 100 km dan ortadi. Vodiylar boshlanishida tor boʻlib, tekislikka tomon kengaya boradi. Ular Krratogʻ va Sarijoʻy qishloklaridan keyin keng tekisliklar boʻylab davom etib, Oqostona qishlogʻi yonida (mutlaq bal. 5556 m) oʻzaro tutashadi va Surxon vodiysi nomini oladi.

Jan., janubigʻarbiy yoʻnalishda 196 km ga choʻzilgan Surxon vodiysi Termiz sh. yaqinida (mutlaq bal. 302 m) Amudaryo vodiysiga tutashib ketadi. Surxon vodiysida birbiridan yaqqol ajralib turadigan 4 tagacha allyuvial terrasa (koʻhna qayir) bor.

Sherobod vodiysi Chakchar va Boysun togʻlari tarmoqlarining tugunidan (mutlaq bal. 3700 m) boshlanadi. Archa oʻrmonlari bilan qoplangan togʻlar orasvdan Quyi Mochay kishlogʻigacha jan. gʻarbiy yoʻnalishda davom etadi. Sherobod vodiysi quyi tomon kengayib, avval Boysun togʻlarini, soʻngra Sherobod Sariqamish qator tepalarini kesib oʻtadi. Togʻlar orasida 175 km ga choʻzilgan bu vodiy Sherobod sh. yaqinida (mutlaq bal. 444 m) keng tekislikka aylanadi va yana 40 km ga davom etadi.

S Sh. v. ning tekislik qismi qariyb 200 km boʻlib, shim. dan jan. ga tomon pasayib va kengayib boradi. Vodiyning nishabi oʻrta qismida 1 km da 1 m, yuqori va quyi qismlarida kamroq. Vodiyning tekislik qismi ekin maydonlariga aylantirilgan.

Surxon-Sherobod Vodiysi oʻziga xos geografik oʻrni, relyefi va iqiimi bilan oʻrta Osiyoning boshqa geografik r-nlaridan birmuncha farq qiladi.

Iqlimi kontinental subtropik: qishi qisqa va iliq, yozi uzoq, issiq. Relyefining xilmaxilligi tra rejimi va yogʻinlar taqsimotiga keskin taʼsir koʻrsatadi. Vodiyning eng issiq r-nlari uning jan. qismlarida. Yillik oʻrtacha tra Sherobodda 18°, Termizda 17,4°. Oʻzbekistondagi eng yuqori tra ham shu yerda (Termizda 49,5°) qayd qilingan. Vodiyda yuqoriga tomon havo t-rasi orta boradi: yillik oʻrtacha tra Denovda 15,6°, Boysunning togʻli qismida 14,5°. Mutlaq balandlik 1200 m dan past joylarda yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° dan yuqori. Issiq kunlar Surxon-Sherobod Vodiysida erta kelib uzoq davom etadi. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi tekislik qismida 28—32°, mutlaq bal. 2500 m dan yuqori togʻli qismlarida bu davrda oʻrtacha tra 17 — 18° dan pasaymaydi. Yogʻinning yil davomidagi taqsimlanishi relyefga, shuningdek, nam havo massalarining yoʻnalishiga qarab turlicha. Yillik oʻrtacha yogʻin vodiyning quyi qismida 130—150 mm boʻlsa, Denovda 360 mm, Boysunda 445 mm, Sangardakda 790 mm. SSH. v. ni togʻlardan boshlanadigan dare va soylar suv bilan taʼminlaydi. Yirik daryolari: Surxondaryo (irmoqlari Qoratogʻ, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok) va Sheroboddaryo (irmoqdari Shoʻrob, Sayrob, Maydon). Daryolarning asosiy suv sarfi martiyun oylariga (60% dan ortiq) toʻgʻri keladi. Daryolar suv sarfini tartibga solish maqsadida Janubiy Surxon, Uchqizil, Degrez suv omborlari barpo qilingan.

Katta zaxiralarga ega boʻlgan yer osti suvlari ham muhim suv manbalaridir. Hoz. vaqtda artezian suvlari va koriz quduqlari suvidan qisman qishloqlarni toza suv bilan taʼminlashda, ekin maydonlari va chorva mollarini sugʻorishda foydalanilmoqda.

Surxon-Sherobod Vodiysining togʻli va togʻoldi zonalari suv bilan yetarli mikdorda taʼminlangan. Biroq keng tekislik qismida suv tanqisligi kuzatiladi. Vodiyning tabiiy geografik sharoitidagi farqlar, uning tuproqlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosining geografik tarqalishida ham aks etgan. Vodiyning tekislik qismida pastdan yuqoriga tomon taqirsimon, tipik boʻz tuproqlar hamda qumoq, shoʻrxok tuproq tiplari birbiri bilan oʻrin almashinib boradi. Yogʻin kam tushadigan bunday yerlarda yantoq, shuvoq, shoʻra, burgan, yulgʻun, turli xil efemeroid oʻsimliklar keng tarqalgan.

Allyuvial botqoq tuproqli daryo terrasalari va keng qayirlar, asosan, qamish, qiyoq, qoʻgʻa, ajriq, miya kabi oʻtlar, tol, turangʻil, jiyda, patta, yulgʻun kabi daraxtbutadan tashkil topgan toʻqaylar, changalzorlar bilan band. Asosan, tipik boʻz tuproqlar keng tarqalgan adir va togʻ oldi zonasida (mutlaq bal. 500—1200 m) nыxatak, qashqarbeda, betaga, qoʻzigul, lolaqizgʻaldoq, ismaloq, qoʻngʻirbosh, chalov, naʼmatak kabi turli efemeroid oʻt va butasimon oʻsimliklar oʻsadi. Togʻli qismida boʻz va jigarrang tuproq turlari keng tarqalgan. Bu tuproqdarda yovvoyi arpa, kiyikoʻt, togʻ lolasi, kavrak, sernam yerlarda qamish, yulgʻun, butasimonlardan doʻlana, naʼmatak, yovvoyi bodom, olcha, olma, yovvoyi tok kabilar aralash holda oʻsadi. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ zonasida (1700—1300 m) arpa, lista, yongʻoq, irgʻay, zaranglar katta maydonlarni egallaydi. Undan yuqorisini esa subalp, alp oʻtloqlari egallagan.

Surxon-Sherobod Vodiysining xayvonot dunyosi qam xilmaxil. Boʻri, tulki, chiyaboʻri, qobon, quyon barcha mintaqalarga xos. Faqat togʻ va togʻ oldi zonalarida uchraydigan nodir kiyik, ayiq, boʻrsiq kabi hayvonlarning soni tobora kamayib bormoqda. Qargʻa, chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻay, loyxoʻrak, oʻrdak, bulbul, chil, kalxat, lochin, burgut kabi qushlar vodiyning hamma joyida uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar va ilonlar, toshbaqa; kemiruvchilardan yumronqoziq, sugʻur, dala sichqonlari, boshqa hayvonlardan tipratikan, jayra, baliklardan sazan, zogora baliq yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: SURXON-ShEROBOD VODIYSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты