SUS XOTIN

SUS XOTIN — mavsummarosim qoʻshigʻi; folklor janri. Qurgʻoqchilik munosabati bilan yomgʻir chaqirish marosimida aytilgan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz va b. xalqlar oʻrtasida uchragan. «Soʻz xotin», «Sut xotin», «Suv xotin» deb ham yuritilgan. Qoʻshiq, asosan toʻrtliklardan iborat boʻlib, barmoq tizimidagi yetti hijoli vaznda yaratilgan, matnida murojaat, xitob ohanglari hukmron. «Sus xotin»da oʻzbek xalqining uzoq oʻtmishdagi megʻnat tajribalari, orzuistaklari badiiy shaklda ifodalangan. Hozir urfdan chiqib ketgan. Tili, ritmi, badiiy vositalari jihatidan xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.


Lotin alifbosida maqola: SUS XOTIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты