SUSAMIRTOV

SUSAMIRTOV — Ichki Tyanshandagi togʻ tizmasi. Talas Olatovidan jan. sharqda. S shim. gʻarbda Chichqan daryosi (Norinning oʻng irmogʻi)dan boshlanib, jan. sharqda Kyokemeren daryosigacha 125 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 4048 m. Relyefi murakkab, koʻplab daryo vodiylari bilan parchalangan. Uning shim. yon bagʻri Susamir va Kyokemeren daryolarining oʻng irmoqlari (Jalpaqsu, Aramsu va b.), jan. yon bagʻri esa Norin va Kyokemeren daryolarining oʻng irmoklari (Qopchigʻay, BoorTyoke, Burliqiya va b.) bilan kesilgan. Tizmaning suvayirgʻich qismi va yon bagʻirlaridagi vodiylarda qad. va hoz. zamon muzliklari gʻarakati taʼsiri natijasida vujudga kelgan relyef shakllari (trog, karr, sirk, morena tepalari) keng tarqalgan. Daryolarning oʻrta va kuyi oqimlarida erozion relyef shakllari (daralar, terrasalar) vujudga kelgan. Tizma yon bagʻirlarida tekislangan yuzalar («sandiqlar») saqlanib qolgan. Tizmadan Norin va Susamir vodiylarini bogʻlovchi bir qancha dovonlar (Muz—Tyor —3643 m; Chortosh — 3380 m; Oyolma, Susamir va b.) bor. S. tarkibi granit, metamorfik slaneslardan iborat. Suvayirgʻich qismida muzliklar uchraydi. Togʻ yon bagʻirlaridan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: SUSAMIRTOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TYANOʻPAN
YER
TOSHKENT
POMIR
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты