SUSPENZIYALAR

SUSPENZIYALAR (lot. suspensio — osmoq) — suyuq dori turi. Tarkibidagi kukun (qattiq zarra koʻrinishidagi) dori moddalari biror suyuklik (suv, glitserin, oʻsimlik moyi)da muallaq holda turadi. Suspenziyalar dorivor moddalarni ayni eritmada eritib boʻlmaydigan hollarda tayyorlanadi. Suspenziyalarni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyalar kondensatlab yoki disperslash yoʻli bilan hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni himoya qilishda purkash uchun keng qoʻllanadi. Suspenziyalar dispersion muhit (odatda, suv) va dispers faza — pestitsidning qattiq zarrachalaridan tashkil topadi. Ular yetarli darajada barqaror, yaʼni tayyorlanganidan keyin uzoq vaqtgacha choʻkmaydigan, purkaladigan sathni yaxshi hoʻllashi va yopishqoq boʻlishi kerak. S, odatda, ishlatiladigan paytda, qattiq kukun preparatlar — hoʻllanuvchi kukundan tayyorlanadi. Ularning tarkibi (30—90%) pestitsidlar, toʻldiruvchilar, sirt faol va qoʻshimcha moddalardan iborat. Toʻldiruvchi modda sifatida koʻpincha kaolin qoʻllanadi. Dehqonchilikda tuproqni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda yoki begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Oltingugurt, akreks, keltan, gardona, tiodan, fozalon va b. insektitsid hamda akaritsidlarning hoʻllanuvchi kukunlaridan tayyorlangan Suspenziyalar keng tarqalgan.

Bir qator texnologik jarayonlarda (qogʻoz, lok, boʻyoq, plastiklar, rezina va b. ishlab chiqarishda) Suspenziyalarning ahamiyati katta.


Lotin alifbosida maqola: SUSPENZIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PESTITSIDLAR
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
EMULSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты