SUT KISLOTA, 2gidroksipropion kislota, SN3SN(ON) SOON — bir asosli oksikislota. Hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning moddalar almashinuvidagi muxim oraliq mahsulot. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 90,1. Suvda oson eriydi. 2 optik faol (LQ) S. k.: D() sut (goʻsht—sut) kislota va ratsemik Sut kislota — achitqi Sut kislota maʼlum. Organizmda glikoliz jarayonida, shuningdek, sut, karam achiganda hosil boʻladi. Sut kislota va uning tuzlari toʻqimachilik, koʻnchilik, achitqi sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi.