SUT SANOATI — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va b. mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 20y. lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan.
Oʻzbekistonda birinchi sut z-di 1928-y. da Toshkent sh. da ishga tushirilgan. 1940y. ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut z-di ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y. lar oxiriga kelib sut z-dlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 y. larda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh. larida zamonaviy sut z-dlari ishga tushirildi. 1974-y. da Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 y. larda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh. larida sut ktlari ishga tushirildi.
Sut z-dlari smetana, qaymoq, pishloq kdsoklash va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator boʻlimlari qurildi.
Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoklarni boqish uchun sunʼiy sut ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi. 1990-y. ga kelib Oʻzbekiston Seda 684,1 ming t yogʻi olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming t sariyogʻ, 2,1 ming t qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming t yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming t muzqaymoq ishlab chiqariddi.
90y. lardan boshlab Sut sanoati korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologiyalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixrzlash amatga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, quvvati 10 tGʻsutka boʻlgan 15 mini z-dlar barpo etildi, qoʻshma korxonalar kurildi. «Buxorosut», «Fargʻonasut» aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi, «Bravosut» (Samarqand sh.), Oʻzbekiston — «Nestle» (Namangan sh.), Toshkent sh. da «Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo» (Rossiya — Oʻzbekiston) qoʻshma korxonalari shular jumlasidandir.
1993-y. da Respublika goʻsht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni boʻrdoqiga boqish birlashmalari negizida «Oʻzgoʻshtsutsanoat» birlashmasi tashkil etildi.
Respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 4,03 mln. t sut ishlab chikarildi (uning 96% dehqon xoʻjaliklarida yetishtirildi), 790 t sariyogʻ, 6,3 ming t sut va sut maxsulotlari, 2715 t muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003-y. dek. dan toʻliq xususiylashtirilgan Sut sanoati korxonalarini birlashtiradigan «Oʻzgoʻshtsutsanoat» uyushmasi tarkibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyogʻ, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yogʻi olingan quruq sut va b. ni tashkil etadi (2004). Sut sanoati korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizatsiyalash, sovutish, bugʻlash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va b. maxsulotlarni tashiydigan avtomobillarga ega.
Poʻlat Tursunxoʻjayev, Nuriddin Musayev.