TAMTAM, tamtam (gʻindcha tovushga taklid atama) — urma cholgʻu, gong turi. Qadimdan jan. sharqiy Osiyoda diniy marosimlarda qoʻllanilgan. 18-a. oxiridan simfonik orkestr tarkibiga kirgan (F. J. Gʻssekning «Mirabo oʻlimiga bagʻishlangan motam marshi», 1791). Turli (mis, kumush, surma va b.) metallar krrishmasidan bolgʻalab koʻp qatlamli, qalin (8 — 10 mm) barkash shaklida (diametri — 6001500 mm) yasaladi. Kigizli toʻqmoq bilan urganda past, gʻuvullovchi tovush chiqaradi.