SUXONA

SUXONA — RF Yevropa qismi (Vologda viloyati) dagi daryo. Kubena kulidan boshlanadi. Suxonaning koʻldan chiqish joyiga shlyuzli toʻgʻon qurilgan. U Yug daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Shim. Dvina daryosi hosil boʻladi. Uz. 558 km, havzasining mayd. 50,3 ming km2, oʻrtacha suv sarfi 463 m3/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi boʻlib sayoz oʻzanda oqadi. Oʻrta oqimida sayoz joyi koʻp, ostonalar bor. Quyi oqimida qirgʻogʻi baland (30 m gacha). Oʻzanida ostona koʻp (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam boʻlganidan, baʼzan, bahorda Vologda va Leja daryolari suvi bosib, Suxona suvi Kubena koʻliga qaytib oqadi. Noyab. da muzlayda, apr. ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Shim. Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Boshidan oxirigacha kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. Suxona soxilida Sokol, Totma, Velikiy Ustyug sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: SUXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
ROSSIYA
TOSHKENT
YER
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты