TAMGʻALIDARA RASMLARI

TAMGʻALIDARA RASMLARI — Chu-Ili togʻining jan. gʻarbiy yon bagʻridagi Tamgʻalisoy darasi qoyatoshlariga ishlangan rasmlar. Olmaotadan 160 km shim. gʻarbda. 1890-y. da rus arxeologi N. N. Pantusov topgan, A. A. Topov, A. G. Maksimova tomonidan oʻrganilgan. Tasvirlarning 1 qismi mil. av. 2ming yillikka, asosiy qismi mil. av. 7—5-a. larga mansub, shuningdek ular orasida 6—8-a. larga oidlari ham uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi buqa, sirtlon, jayron, bugʻu, ot, tuya, qoʻy, echki va b. ning tasvirlari, turli ramziy belgilar, chavandozlar, raqs tushayotgan odamlar, ovchilarning itlar yordamida yovvoyi hayvonlarni ovlash manzaralari qoyatoshlarga oʻyib ishlangan. Tamgʻalidara rasmlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston xududida yashagan xalqlar tarixi, turmushi, madaniyatini oʻrganishda nodir manba sifatida qimmatlidir.


Lotin alifbosida maqola: TAMGʻALIDARA RASMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOZOGʻISTON
XITOY
OSIYO
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты