SUELLI KANALI

SUELLI KANALI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yirik magistral kanal. Amudaryoning qadimda Suelli deb atalgan yirik irmogʻi oʻrnida qurilgan. Taxiatosh gidrouzelidan 300 m uzunlikdagi suv uzatish kanali orqali suv oladi. Suv uzatish kanalining bosh qismida 110 m uzunlikda (tubining kengligi 51 m) suvdagi oqiziklar choʻkadigan tindirgich qurilgan. Umumiy uz. 128 km. Eng koʻp suv oʻtkazish imkoniyati 133 m3/sek, 42—55 km da 115 m3/sek, kanal tubining kengligi 16—22 m, chuq. 2,5—5 m.

Daryoda suv kamaygan bahor oylarida suv olishni yaxshilash maqsadida kanal boshida 54 m3/sek suv oladigan Fayt (1962), 66 m3/sek suv oladigan Bekyob (1965) nasos st-yalari kurilgan. Kanalda bosh suv olish inshootidan tashqari 4 ta gidrouzel bor. Shuningdek, kanalda 8 ta koʻprik, 3 ta akveduk, 30 ta turli nasos qurilmalari mavjud. Suelli kanali tizimi Shumanay, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot tumanlaridagi 102 ming ga dan ortik, yerlarni suv bilan taʼminlaydi.


Lotin alifbosida maqola: SUELLI KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT
AMUDARYO
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты