SUQSUR

SUQSUR, bigizdum (Anas acuta) — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 70 sm ga yaqin, vazni 0,7 — 1,15 kg. Nari urchish davrida juda chiroyli: boshi va boʻyni toʻk qoʻngʻir, boshining tepa kismi yashil, binafsha tusda tovlanadi, koʻkragi oq, orqasi qora yoʻlli kulrang, qorni kulrang xolli oq (1nomi shundan); oʻrta boshqaruv patlari ingichka va uzun (2nomi shundan). Makiyoni qoʻngʻir, boshi va boʻyni sargʻish xolli, qorni kulrang. Yaxshi uchadi va suzadi. Uyasini yerga va oʻsimliklar orasiga quradi. 6—11 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 22—23 kun bosadi. Yilda 2-marta tullaydi. Oʻsimlik va suv umurtqa sizlari bilan oziqlanadi. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada keng tarkalgan. Gʻarbiy va Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyoning oʻrta va jan. kismida qishlaydi.

Ovlanadi. Oʻzbekistonda bahor va kuzda kushlar uchib utishi davrida uchraydi; ayrim yillari jan. xududlarda qishlaydi.


Lotin alifbosida maqola: SUQSUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
YER
ROSSIYA
XITOY
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты