SUGʻD

SUGʻD, Soʻgʻd, Sugʻud Oʻrta Osiyodagi qad. Tarixiy-madaniy viloyat. Ilk marta axomaniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qad. Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. S. yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sugʻd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari «Sugʻdga tegishli», «Sugʻdiy» kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Urta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini «Sugʻd» shaklida qoʻllaydi.

«Sugʻd» soʻzining maʼnosi fanda turlicha talqin qilib kelinadi. Mac, Soʻch — GʻGʻ Soʻz — «kuymoq, yonmoq, porlamoq» deb izohlangan. Bundan Sugʻdni «Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer» kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, «Sugʻd» soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer «S, Sugʻut» deb atalishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestola Sugʻd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. «Ardvisura Yashti» —(«Obon Yasht») va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.

Sugʻd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654-y. larda Kesh) 3 tarixiygeografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va KeshNaxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va KeshNaxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.

Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoklari S orqali oʻtgan. Natijada S xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab S savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan. Sugʻd tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sugʻdning chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan).

Sugʻd mil. av. 6—2—1-a. larda avval axamoniylarga, soʻngra makedoniyalik Aleksandr tuzgan saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, YunonBaqtriyaga tobe boʻlgan. Mil. av. 2—1-a. lardan boshlab S oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd astasekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.

Mil. 1ming yillikning 1-yarmida Sugʻd kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saklab keldi. Sugʻd konfederatsiyasi mil. 6-a. oʻrtalaridan 8-a. ning boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (8-a. ning 1choragi), to Sugʻd podshosi Turgʻar davri oxirigacha (738—759-y. lar) S oʻzining konfederativ xususiyatini sakdashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sugʻdda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.

Ad.:S mir nova O. I ., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1971; Isʼhoqov M., Sugʻdiyona tarix chorrahasida, T., 1990; Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Eshov B., Sugʻdiyona tarixidan lavhalar, T., 2002.

Mirsodiq Isʼhoqov.


Lotin alifbosida maqola: SUGʻD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
YER
XITOY
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты