TANGLAY

TANGLAY — burun va ogʻiz boʻshligʻini bir-biridan ajratib turadigan anatomik tuzilma. Kattiq va yumshoq Tanglay boʻladi. Qattiq Tanglay yuqori jagʻ suyagining tanglay oʻsigʻi bilan tanglay suyagi kundalang plastinkalarining birikuvidan vujudga keladi. Yumshoq Tanglay shilliq parda bilan qoplangan muskullardan iborat. Yumshoq Tanglayning orqa uchida oʻsiqcha — tilcha bor. Yumshoq Tanglay yon tomonlarida ravoqlar hosil qilib, til va halqum bilan birlashadi. Ravoqlar orasida har iyusi tomonda (uchburchak shaklida) murtak boʻshligʻi boʻlib, unda tanglay murtagi joylashgan. Qattiq va yumshoq Tanglay shilliq qavati ostida mayda soʻlak bezlari, shilliq qavatida esa qon tomirlari va nervlar bor.

Tanglay kasalliklari tugʻma va orttirilgan boʻladi. Yumshoq yoki yumshoqqattiq Tanglayning tugʻma nuqsoni koʻp uchraydi. Bu embrional rivojlanish davri (homila) da tanglay oʻsiqlarining oʻzaro yoki yumshoq tanglayning muskulli tuzilmasi bilan jipclashmay qolishidan yuzaga keladi. Buni «boʻri tanglay» deyiladi. Tanglayning orttirilgan kasalliklariga uning shikastlanishi yeki kasallikdan zararlanishi, yalligʻlanishi (mas., stomatit), xavfli va xavfsiz oʻsmalar va b. kiradi.


Lotin alifbosida maqola: TANGLAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ODAM
HALQUM
KALLA SUYAGI
TISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты