TANGRICHILIK

TANGRICHILIK — qad. turkiy va qad. oltoy xalqlari dini. Kad. Shumer davlatida (mil. av. 3ming yillik) Tangrip sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qad. Shumerdan Oltoygacha boʻlgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Kdd. shumerlar kad. turk tiliga yakin boʻlgan protooltoy tili laxjasida soʻzlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2ming yilliqsa Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hoz. Eron, Afgʻoniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan togʻlari, hoz. Shim. Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur boʻlishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, gʻolib xalqlarga muayyan darajada qoʻshilib keyin paydo boʻlgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlgan. Qad. oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalklarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalkdarining turkiy xalqlar guruhi Gʻarbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, hoz. xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan koʻp narsalarning boshlangʻich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroklari va b.) mil. 4-a. da gunnlar bilan Yevropaga kelgan.

Ad.: Sulay monov O.,Azi Ya, AlmaAta, 1975; Antonov N. K., Naslediye predkov, Yakutsk, 1993; Islam, xristianstvo: vozmojnosti duxovnoy konsolidatsii narodov Kazaxstana, Al matoʻ, 2001; Karimov B. R., Millat, inson va til: Taraqqiyot muammolari, Qarshi, 2003.

Baxtiyor Karimov.


Lotin alifbosida maqola: TANGRICHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ERON
YER
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты