TANDIR

TANDIR — non, somsa, kabob va b. ni yopib pishirish uchun qurilgan maxsus loy oʻchoq. T. yasash uchun echki yoki tuya juni, loyga qoʻshib qoriladi. Yaxshi pishitilgach, ustiga namakob sepib, latta bilan oʻrab qoʻyiladi. Bir necha soatdan keyin qayta tepib pishitiladi. Soʻng eni 20—30 sm, qalinligi 8—10 sm, uz. 80—90 sm atrofida boʻlakboʻlak parchalar tayyorlanadi va ulardan bir nechasini bir-biriga tikka qilib yopishtirib Tandir hosil qilinadi. Ayrim tandirsozlar Tandir yasash uchun silindrsimon chuqur (qolip) qazib, shu chuqur devoriga tayyorlangan loy boʻlaklarini yopishtiradilar. Tandirning ichi namakob sepib sillikdanadi. Xonadonlarga quriladigan oʻrtacha Tandirning ichki diametri 0,8 m chamasi, yerdan 0,8—1 m baland qilib oʻrnatiladi. Bundan kattaroq Tandirlar novvoyxonalarga quriladi. Buxoro, Samarqandda Tandir yerga yoki maxsus supaga ogʻzi tik qilib qurilsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda yotiq qilib oʻrnatiladi. Atroflariga tutun tortadigan va havo kiradigan teshik (10—15 sm li)lar qilinadi. Yangi qurilgan Tandirning ichki devorlariga paxta yogʻi surkab, bir kechakunduz davomida olov yoqib qoʻyiladi. IPun pay qilinsa yopilgan nonning orqasiga kesak ilashmaydigan boʻladi. Tandir Non yopishdan oldin shoxshabba, yantoq, gʻoʻzapoya, oʻtin va b. bilan oqarguncha qizdiriladi (hozir gazlashtirilgan tandirlar ham uchraydi).


Lotin alifbosida maqola: TANDIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
NON
BUXORO VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты