TANZANIYA

TANZANIYA (Tanzania), Tanzaniya Birlashgan Respublikasi (United Republic of Tanzania) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Materikning Tanganika qismini hamda Zanjibar va Pemba olarini oʻz ichiga oladi. Mayd. 945,1 ming km2. Aholisi 37,2 mln. kishi (2002). Poytaxti — Dodoma sh. Maʼmuriy jihatdan 25 viloyat (materikda 20, Zanjibar o. da 3, Pemba o. da

2) (region)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Tanzaniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1977-y. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi—prezident (2000-y. dan Benjamin Uilyam Mkapa), u u mumiy saylov yoʻli bilan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 5 y. muddatga saylanadi va yana 1 muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakat orol qismining 1979-y. tasdikdangan va 1985-y. kuchga kirgan konstitutsiyasiga binoan Zanjibar va Pemba olari Tanzaniya tarkibida muxtoriyatdan foydalanadi.

Tabiati. Tanzaniyaning sharqida, 900 km ga choʻzilgan Hind okeani qirgʻogʻida mayda qoʻltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yassitogʻlikning sharkiy chekkasida Pare (eng baland joyi 2464 m), Usambara (2570 m), Uluguru (2653 m) va b. toglar bor. Sharkiy Afrika uzilmasida (bal. 1000 m) kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Soʻngan (Kilimanjaro, bal. 5895 m) va harakatdagi vulkanlar bor. Togʻ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pastgekisliklar orasida yassi plato (200—500 m) joylashgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qoʻrgʻoshin, volfram konlari aniklangan. Iklimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (okt. yoki noyab.)ning oʻrtacha trasi yassitogʻlikning ichkarisida 20—22°dan 25 — 27° gacha, eng sovuq oy (iyul yoki avg). ning oʻrtacha trasi 12— 15°dan 20—22° gacha. Togʻlarda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yogʻin 500— 700 mm dan 1000—1500 mm gacha, eng kupi bilan 1500 mm atrofida. Boshqa davlatlar bilan boʻlgan chegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa koʻllari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurgʻoqchil mavsum 5—7 oy. Tuproklarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurgʻoqchil joylarda qizilqoʻngʻir, baʼzan shoʻrlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, pavian maymunlari va b. Timsoh va ilonlar ham uchraydi. Qush koʻp. Serengeti, Ngorongoro, Arusha, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy bogʻlari va qoʻriqxonalari bor. Mamlakat jan. dagi Selus milliy bogʻi dunyodagi eng katta milliy bogʻlardan biridir.

Aholisi. Tanzaniyada 120 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining koʻpchiligi benuekongo tillarida soʻzlashuvchi sharqiy bantu xalklariga mansub. Ularning aksariyatini nyamvezi, suaxili, xexe, bena, pogoro, makonda va b. elatlar tashkil qiladi. Dindorlari — xristianlar, musulmonlar; qolganlari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar. Davlat tillari — suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 24,4%. Yirik shaharlari: Dorussalom, Zanjibar, Tanga, Mvanza, Arusha, Dodoma.

Tarixi. Tanzaniya hududida odam qadimdan yashab kelgan. Bu yerda 2 mln. yil avval yashagan odam suyaklari va qoʻpol tosh qurollar topilgan. Tub aholisi bushmen va gottentot qabilalariga qardosh xalklar boʻlgan. Ular ovchilik va yovvoyi mevalarni yigʻish bilan kun kechirgan.

Mil. 1ming yillik boshlarida bantu va nilot qabilalari dehqonchilik uchun yaroqpi yer va chorva uchun yaylov izlab bu yerga kelib qolgan. 7—8-a. larda Tanzaniyaning materik qismiga, Zanjibar va unga yaqin orollarga arablar koʻchib kela boshlagan. 16-a. da bu yerda portugallar paydo boʻlib, Afrika qitʼasini mustamlakaga aylantirish uchun Zanjibardan xarbiy tayanch hudud sifatida foydalangan. 18-a. da Ummon sultonligi arablari portugaliyaliklarni surib chiqargan. 19-a. boshlarida Zanjibar o. va Tanzaniya sohili Maskat sultonligi kuliga oʻtgan. 1856-y. Maskat sultonligi parchalanishi tufayli Zanjibar sultonligi tashkil topdi. 1884-y. T. ning materik qismini Germaniya bosib oldi. 1890-y. Zanjibarda Angliya protektorati oʻrnatildi. 1jahrn urushidan keyin Tanzaniyaning materik qismi (Tanganika nomi bilan) Buyuk Britaniya mandatidagi hudud, 2jahon urushidan keyin esa BMT vasiyligidagi inglizlar boshqaradigan hudud boʻlib qoldi. Mahalliy aholining mustamlakachilarga qarshi kurashi (188889, 189197, 190507-y. lardagi xalq qoʻzgʻolonlari) 2jahon urushidan keyin ayniqsa kuchaydi. 1961-y. 9 dek. da Tanganika, 1963-y. 10 dek. da Zanjibar mustaqil deb eʼlon qilindi.

1964-y. 26 apr. da Tanganika bilan Zanjibar T. Birlashgan Respublikasini tuzdilar. Tanzaniya — 1961-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 apr. — Ittifoq kuni (1964).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Qayta qurish va taraqqiyot uchun milliy konvensiya partiyasi, 1992-y. tuzilgan; Birlashgan fuqarolar fronti partiyasi, 1992-y. asos solingan; Inqilobiy partiya (Chama Cha Mapinduzi ChCHM), hukmron partiya, 1977-y. tashkil etilgan. Tanzaniya ishchilari ittifoqi (Juvata) kasaba uyushmasi, 1978-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Tanzaniya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. h. ning ulushi 56%, sanoatniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 29%.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi shugʻullanadi va eksport tushumining 85% taʼminlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin ekiladi. Asosiy q. h. ekinlari: sizal, chinnigul, paxta, kofe, choy, keshyu yongʻogʻi, kokos palmasi, qalampirmunchoq va b. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, maniok, dukkaklilar, moyli oʻsimliklar, shakarqamish, banan va b. mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, sohilda baliqovlanadi. Togʻlardagi tropik oʻrmonlarda (T. da jami 31 mln. gektar oʻrmon bor) yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoati sust rivojlangan. Mustaqillik yillarida konchilik sanoatida olmos qazib chiqarish rivojlandi. BukRif va Lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay va volfram, Chambongoda magnezit, shuningdek slyuda, osh tuzi, qurilish materiallari, temir ruda qazib chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 912 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qogʻoz va yogʻochsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. Moshi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zdlari, Moshi, Bukobada kofe, Amani, Tukuyuda choy, Dorussalom, Arusha, Iringa, Dodoma, Mvanzada un ishlab chiqarish. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta ishlash zdi, Tanga, Tabora, Dorussalomda 40 ga yaqin yogʻoch tilish korxonasi bor. Metallurgiya va metall ishlash tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud boʻlgan hunarmandchilik mustaqillik yillarida yangi pogʻonaga koʻtarildi.

Ichki yuklar t. y. va avtomobil transportida, tashqi yuklar esa Tanzaniya va dengiz transportida tashiladi. Tanzaniya uzunligi 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 88 ming km.

Avtomobil Zanjibar va Pemba o. larida asosiy transport turidir. Dorussalom bilan Bvana-Mkuba (Zambiya) oʻrtasida tranzit neft quvuri qurilgan. Viktoriya koʻlida kema qatnaydi. Asosiy dengiz portlari: Dorussalom, Tanga, Mtvara, Lindi. Dorussalom va Arushada xalqaro aeroport bor.

Tanzaniya chetga kofe, paxta, keshyu yongʻogʻi, chinnigul, sizal, olmos, tamaki, choy va b. sotadi. Chetdan mashina va uskuna, yoqilgʻi, oziq-ovqat, kimyoviy mollar va b. sotib oladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya, BAA, Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va b. bilan savdo qiladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — Tanzaniya shillingi.

Tibbiy xizmati. Tibbiyot xodimlari Dorussalomdagi untning tibbiyot ftida va chet ellarda tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Tanzaniyada boshlangʻich maktab 7 y. lik boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiydir. Dars suaxili tilida olib boriladi. 3sinfdan ingliz tili oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 y. lik. Yuqori sinflarda iqtidorli bolalar untga kirish uchun tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida quyi hunartexnika oʻquv yurtlari va kurslarda 1—4 y. va hunartexnika maktablarida 2 y. mobaynida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktabning quyi sinflari uchun oʻqituvchilar boshlangʻich maktab negizida 3 y. davomida, boshlangich maktabning yuqori sinf oʻqituvchilari esa toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 2 y. davomida tayyorlanadi. Oʻrta maktab oʻqituvchilari Dorussalomdagi untda, Karagvedagi milliy pedagogika intida va bir qancha ped. kollejlarida tayyorlanadi. Tanzaniyada oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Dorussalomdagi unt 1961-yil unt kolleji tarzida tashkil etilib, 1970-yil unt makrmini olgan.

Ilmiy ishlarni Milliy i. t. kengashi muvofiklashtirib boradi. Mvanzada Sharqiy Afrika tibbiy tadqiqotlar inti, Tangada Sharqiy Afrika bezgak va yuqumli kasalliklar inti, Zanjibarda dengiz balikchiligi muammolarini oʻrganish tadqiqot tashkiloti, Dorussalomda Sharqiy Afrika meteorologiya markazining Tanzaniya boʻlimi, Arushada q. h. zararkunandalariga qarshi kurash tadqiqot inti, Dodomada hayvonlar va jonivorlar tadqiqot inti, Zanjibarda folklor va Afrika tillari tadqiqot markazi va b. ilmiy muassasalar bor.

Dorussalomda Milliy kutubxona (1967), Unt kutubxonasi, Milliy muzey (1937), Zanjibar davlat muzeyi (1925), Dorussalom yaqinida Etn. muzeyqishlogʻi (1966), Dorussalomda Tibbiyot muzeylab., Dodomada Geol. muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnalilari: «Deyli nyus» («Kun yangiliklari», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1972-y. dan). «Uxuru» («Ozodlik», suaxili tilida chiqadigan kundalik gaz., 1961-y. dan). «Mzalendo» («Vatanparvar», suaxili tilida chiqadigan yakshanbalik gaz., 1972-y. dan), «Gazet of Yunayted Ripablik» («Birlashgan respublika gazetasi», ingliz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1964-y. dan), «Mfanyakazi» («Ishchi», suaxili tilida chiqadigan haftalik gaz., 1964-y. dan), «Kiongozi» («Rahbar», suaxili tilida chiqadigan katolik gaz., 1950-y. dan), «Mvanga» («Hyp», suaxili tilida chiqadigan oylik jurnali, 1986-y. dan). Tanzaniya axborot agentligi (Shixata) hukumat axborot mahkamasi, 1976-y. asos solingan. Tanzaniya radiosi — hukumat mahkamasi, 1956-y. tuzilgan; T. Zanjibar radiosi — hukumat mahkamasi, 1964-y. tashkil etilgan; Zanjibar televideniyesi, Adabiyoti suaxili va ingliz tillarida rivojlanmokda. Suaxili adabiyoti tarixi 18-a. dan boshlanadi. Islom dini ruhidagi mumtoz adabiyotda nazm ustun boʻlib, tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy mazmundagi dostonlar, ishqiy va siyosiy sheʼrlar yaratildi. 19-a. da suaxili adabiy tili xalq tiliga yakinlashtirilib, arab yozuvidan lotin alifbosiga oʻtildi. Gaz. lar nashr etilib, ularda adabiy asarlarga ham oʻrin berildi. Sayd Aydarus, Sayd Abdalla, Muyaka bin Xoʻja alHasani, Mvan Kuponi — 18—19-a. lar suaxili adabiyotining tanikli namoyandalaridir. Yangi adabiyotning atokli vakili R. Shaaban (1909 —62) falsafiy, adabiy esse va etyudlar, siyosiy makrlalar («Meninghayotim», «Kusadikika», «Adili va uning akaukalari», «Siti binti Saad») ni yezdi. Umar Hayyom ruboiylarini tarjima qildi.

Tanzaniya adabiyotining shakllanishi va rivojida jahon adabiyotidan suaxili tiliga tarjima qilingan asarlarning roli katta (maye. U. Shekspir, L. Tolstoy va b. ijodi). Ingliz tilidagi adabiyot 20-a. ning 60y. larida yuzaga keldi. Bu tilda yozilgan J. Mbondening «Makonde hayoti» romani va ertaklar toʻplami, P. Palanchyoning «Oftobdagi oʻlim» romani, G. Ruxumbika, G. Kalimugogo, M. Njeru, R. Ngetening roman va qissalari, B. Tejani, R. Roberte, S. Nguzo, K. Xaulining sheʼrlari diqqatga sazovor. Dramaturgiya janrida X. Menson barakali ijod qildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Hind okeani sohilida 8-a. dan arablar bilan forelar asos sola boshlagan Kilva, Chvaki, SongaManara, Kva va b. port shaharlari 13—14-a. larda ravnaq topdi, ammo 16-a. da portugaliyaliklar bu shaharlarni vayron qilib tashladilar. Ularda qurilgan koʻpdankoʻp saroy va mayejidlar (KilvaKisivanidagi jome mayejid), turar joylarning krldiklari saqlanib qolgan. 19-a. oxiridan port shaharlar (Dorussalom), savdo markazlari (Moshi, Dodoma), yevropalik meʼmorlarning loyihalari asosidagi imoratlar (Moshidagi madaniy markaz, 1948—50, meʼmori E. May) qurildi. 1964-y. dan keyin rejali ravishda jamoat binolari va turar joylar qurishga kirishildi (Dorussalomdagi unt majmuasi, Markaziy milliy kutubxona, Kivukonidagi kollej binolari). Qishloqlarda aholining turar joylari asosiy shakli shoxshabba, oʻt va novdadan toʻqilgan chaylalardan iborat.

Tanzaniyaning ayrim joylarida yukrri paleolit va neolit davriga mansub qoyatoshlarga chizilgan rasmlar saklangan. Yogʻoch va loydan ishlangan haykallar koʻp uchraydi, ularda odamlar yoki hayvonlar, jang va ov manzaralari, niqoblar tasvirlangan. 1964-y. dan xalq sanʼati anʼanalari ruhidagi milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi. S. J. Ntiro, V. Macha, F. K. Mzangi, T. F. Abdalla kabi rassomlar yetishib chiqdi. Amaliy bezak sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻqish va kulollik turlari rivojlangan.

Musiqasi. Tanzaniya dagi koʻp sonli xalklardan qar birining oʻziga xos musiqasi bor. Hayotiy va diniy marosim, urf-odat va udum musiqasi keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari joʻrligidagi qoʻshiqlar koʻpincha raqs bilan birga ijro etiladi. Musiqa asboblari: ngoma (baraban), kiyik shoxidan yasaladigan baragumu (truba), bambuk va qamishdan yasaladigan filimbi (fleyta), skripkaga oʻxshash torli zeze, litungu va enanga (sitralar), marimba va mbira (ksilofonlar), qoʻngʻiroq, hushtak, tartarak va b. Gʻarb musiqasi taʼsirida turli popmusiqa shakllari rivojlanib bormokda. Madaniyat va yoshlar ishlari vazirligining musiqa va teatr seksiyasi xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini toʻplash, oʻrganish va milliy musiqiy asboblar toʻplamini yaratish bilan shugʻullanadi. Professional musiqa xodimlari Dorussalomdagi untning sanʼat, musiqa va teatr ftida, konservatoriyada, Changombedagi sanʼat kollejida tayyorlanadi. Kompozitorlar E. Makala, D. Mbilini, L. Fillipo, barabanchilar M. Mnyonyusa, T. Nyambo, X. Vaziri, ksilofonchilar A. Omari, A. Matitu, Saidi Ali, teze ijrochilari M. Nganza, K. Mutondi mashhur.

Teatri va kinosi. Mustamlakachilik yillarida Tanzaniya hududida inglizlarning havaskorlik truppalari boʻlgan. Mustaqillikka erishilgach, afrikaliklardan iborat jamoalar tuzilib, suaxili va ingliz tillarida spektakllar qoʻyildi. 1967-y. Dorussalom untida teatr boʻlimi ochildi. Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etilgan, 1972-y. dan kinostudiya ishlay boshladi. Badiiy filmlardan «Yoʻqsul kishining kurashi» (1973, rej. O. Kitana) diqqatga sazovor.


Lotin alifbosida maqola: TANZANIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты