SUGʻURTA KOMPANIYASI

SUGʻURTA KOMPANIYASI — sugurta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sugʻurta xizmatlari bozoritsht professional ishtirokchisi. OʻzR da Sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olganidan soʻnggina sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyalariga hayot sugʻurtasi va hayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta turlarini oʻtkazish uchun litsenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sugʻurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Sugʻurta kompaniyasi ushbu sugʻurta turidan tashqari boshqa umumiy sugʻurta turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas yoki aksincha.

Sugʻurta kompaniyasi turli mulk shakllarida faoliyat koʻrsatishlari mumkin. Oʻzbekiston sugʻurta bozorida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan sugʻurta kompaniyalari koʻpchilikni tashkil etadi. Ular tarkibida eng yirik «Oʻzagrosugʻurta» davlataksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi va «Kafolot» sugʻurta kompaniyasi, «Madad» sugʻurta agentligi va «ALSKOM» ochiq aksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi, «Osiyo temir yoʻl» S. k. va b. bor.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida 20 tadan ortiq Sugʻurta kompaniyasi faoliyat kursatadi (2004). Yana q. Sugʻurta xizmatlari bozori.

Xoʻjayor Shennayev.


Lotin alifbosida maqola: SUGʻURTA KOMPANIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI
TOSHKENT
YURIDIK SHAXS
XUSUSIY MULK
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты