TANK

TANK (ing. tank — sisterna, bak) — zanjirli (gusenitsali) zirxlangan jangovar mashina. Turli nishonlarni yoʻq qilish, ekipajni ishonchli himoyalash, turli xil toʻsiklardan bemalol oʻtish xususiyatiga ega. Zirxli jangovar mashinalar (keyinchalik Tank deb ataldi) ning birinchi loyihalari 1911 — 15 y. larda rus muhandislari D. I. Mendeleyev, N. A. Poroxovshchikov, A. Vasilyevlar, Angliyada DeMol (1912), AvstriyaVengriyada G. Burshtin (1913) tomonidan taklif kilingan. Inglizlar 1916-y. da «Marka1» T. larini ishlab chiqib, shu yili ularni birinchi marta Somma daryosi boʻyidagi jangda qoʻlladi. Hozir juda takomillashgan turli rusumdagi Tanklar ishlab chiqariladi.

Tankning asosiy qismlari: zirxli korpus, minora, qurolyarogʻ kompleksi (asosiy va yordamchi qurollar, oʻqdori), kuzatish asboblari, moʻljalga olish va b. moslamalar, kuch (motor) qurilmasi, kuch uzatkichi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlar, aloqa tizimi, yongʻinga qarshi jihozlar, ommaviy qirgʻin qurollarining shikastlovchi omillarga qarshi himoya tizimlari va b. Korpus va minora T. ning barcha tarkibiy qismlarini birlashtiradi hamda ekipaj, agregatlar va yenilgʻini shikastlanish va zararlanishdan saklaydi. Minora qoʻlda, elektr yoki elektrgidravlik yuritmalar yordamida aylantiriladi. Tankning korpusi va minorasi legirlangan zirh poʻlati listlarini bir-biriga payvandlab yasaladi, baʼzan, yaxlit quyma korpusli Tank ham uchraydi. Minora, odatda, quyma holda boʻladi (baʼzi hollarda payvandlab) yasaladi. Tanklar snaryadga qarshi (faqat yengil Tank — oʻqqa qarshi) zirhlanadi. Hozirgi Tanklar korpusining ichki qismi boshqaruv boʻlmasi (unga mexanikhaydovchi joylashadi), jangovar boʻlma (unga Tank komandiri, toʻp otuvchi, oʻklovchi joylashadi, agar oʻqlovchiavtomat mavjud boʻlsa, oʻqlovchi boʻlmaydi), shuningdek motortransmissiya boʻlmasiga ajraladi. Yonilgʻi, odatda, hamma boʻlmalarga oʻrnatilgan baklarda, baʼzan korpusdan tashqaridagi baklarda saklanadi.

Tankning asosiy quroli maxsus toʻp, yordamchi quroli pulemyot va zenit pulemyota hisoblanadi. Asosan, Tankga oʻyiq yoki silliq stvolli toʻplar oʻrnatiladi. Oʻqdorilar komplektiga zirh teshar, kumulyativ (nishonga yoʻnaltirilgan), odsiy snaryadlar va plastik portlovchi moddali snaryadlar (inshootlarni buzish va jonli kuchlarga shikayet yetkazish uchun) kiradi. Aniq oʻq (snaryad) otish kurol stabilizatorlari, ballistik hisoblagichlar, otish uchun maʼlumotlarni avtomatik suratda taiyerlaydigan kurilmalar, tunda otish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Tank ichidagi havo filtrventilyatsiya qurilmasi bilan tozalab turiladi. Tankning kichik, yengil, oʻrtacha va ogʻir turlari boʻladi. Ular joyiga va maqsadiga karab ishlatiladi.

Tank larga 4 yoki 2 taktli, porshenli; suyuklik yoki havo bilan sovitiladigan maxsus dvigatel oʻrnatiladi. Burish mexanizmlari sifatida katta tezlikda ketayotgan Tankning burilishni osonlashtiradigan koʻp radiusli mexanizmlardan, transmissiya apparatlarini boshqarish moslamalari sifatida — servoyuritma (ayniqsa gidroyuritma) lardan foydalaniladi. Tank yuqori tezlikda ham bir maromda ketishi uchun kuchli gidravlik dempfer (amortizator) lar oʻrnatilgan. Tank germetiklanganligi uchun 2 m gacha chuqurlikdagi kechuvlardan oʻta oladi (agar Tank suv tagida yurish uchun moʻljallangan maxsus moslamalar bilan jihozlansa, 4—5 m chuqurlikdagi suvlardan oʻta oladi). Tankda elektronhisoblash yoʻl koʻrsatuvchi va avtomatik yoʻl topuvchi apparatlardan iborat navigatsiya tizimidan foydalaniladi.

Tank raketa, toʻp qurollarini qoʻllash, boshqariladigan snaryad (raketa) lardan foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqariladi: zirh detallari qalinlashtiriladi, snaryad tegish ehtimoliga qarab korpusning tegishli joylariga qalin zirxlar oʻrnatiladi; harakat tezligi oshiriladi, quvvati kuchaytiriladi va yonilgʻini birmuncha tejab sarflashni taʼminlaydigan dizel dvigatellaridan foydalaniladi. Tankning ekipaji —3 —4 kishi, tezligi —40 —70 km/soat, massasi 3555 t (2004).


Lotin alifbosida maqola: TANK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Bunyod Saidov - Kapalakdin
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
JANGOVAR TARTIB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты