SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI

SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI — sugʻurta xizmatlari oldisotdisi bilan bogʻliq iktisodiy munosabatlar majmui. Sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va agentlari Sugʻurta xizmatlari bozorining professional ishtirokchilari xisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sugʻurta sohasida davlat monopoliyasining bekor kilinishi Sugʻurta xizmatlari bozorining shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratdi. Sugʻurta xizmatlari bozori hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy Sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Xal qaro Sugʻurta xizmatlari bozori nisbatan taraqkiy etgan baʼzi davlatlar sugʻurta tashkilotlarining xalqaro miqyosda koʻrsatayotgan sugʻurta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQSHning «AIG» (Ameriken Interneyshnl Grupp) sugʻurta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozori hududiy, savdoiqtisodiy, madaniy jihatdan birbiriga yaqin boʻlgan mamlakatlarning Sugʻurta xizmatlari bozori dir. Bunga Yevropa Ittifoqi mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorini misol qilib keltirish mumkin. Alohida davlatlar qududi doirasida faoliyat koʻrsatuvchi Sugʻurta xizmatlari bozori bozori — milliy Sugʻurta xizmatlari bozori hisoblanadi. Keyingi yillarda milliy, mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorining xalqaro Sugʻurta xizmatlari bozoriga integratsiyalashuv jarayonining kuchayotganligi kuzatilmoqda.

Sugʻurta xizmatlari bozori sugʻurtaning u yoki bu sohasida ixtisoslashganligiga qarab hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq Sugʻurta xizmatlari bozori ; qayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Mac, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarida gʻayotni sugʻurtalash bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari bozori ancha rivojlangan.

Oʻzbekiston sugʻurta bozorida 20 dan ziyod sugʻurta tashkilotlari faoliyat kursatadi. Eng yirik sugʻurta kompaniyalariga «Oʻzbekinvest» eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasini, «Uzagrosugʻurta» davlataksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va «Madad» sugʻurta agentligini kiritish mumkin.

Oʻzbekiston sugʻurta bozoriga xos xususiyatlardan biri—mavjud sugʻurta tashkilotlarining iqtisodiyotning turli tarmoklariga ixtisoslashganligidir. Chunonchi, «Uzagrosugʻurta» davlataksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish sohasini va aholini sugʻurta himoyasi bilan taʼminlashga, «Kafolat» shaharlardagi yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta xizmatini koʻrsatishga, «Oʻzbekinvest» eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi eksportimport operatsiyalarini sugʻurta himoyasi bilan taʼminlashga, «Birjasavdosugʻurta» yuklarni sugʻurta qilishga, «ALSKOM» sugʻurta tashkiloti aloqa va telekommunikatsiya sohalariga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishga, «ISHONSH» sugʻurta tashkiloti tijorat banklarining mulkiy manfaatlarini sugʻurtaviy himoyalashga ixtisoslashgan.

Sugʻurta xizmatlari bozori dunyoning barcha mamlakatlarida davlat tomonidan tartibga solinadi. Bundan maqsad, sugʻurta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

1998-y. da xukumat qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida sugʻurta faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan davlat sugʻurta nazorati inspeksiyasi tashkil etilgan.

Xoʻjayor Shenkayev, Bahodir Shamsuddinov.


Lotin alifbosida maqola: SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TURKIYA
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты