SUGʻURTA SHARTNOMASI

SUGʻURTA SHARTNOMASI — fuqaro yoki yuridik shaxs (sugʻurta qildiruvchi) bilan sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) oʻrtasida vujudga keladigan fuqarolikhuquqiy munosabatlar asosi. Sugʻurta boʻyicha majburiyatlar shartnoma tuzish yoki majburiy sugʻurtani rasmiylashtirish orqali vujudga keladi. Sugʻurta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Sugʻurta shartnomasi bitta hujjatni tuzish asosida yoki sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga uning yozma arizasi yoki ogʻzaki murojaatiga binoan imzolanadi. Sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisi (guvohnomasi) topshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Sugʻurtalovchi shartnoma tuzish chogʻida sugʻurtaning alohida turlari boʻyicha Sugʻurta shartnomasining oʻzi ishlab chiqqan shakllarini qoʻllashga hakli.

Sugʻurta shartnomasining muhim shartlari Oʻzbekiston Respublikasi FK da (929modda) belgilab qoʻyilgan. Mulkiy Sugʻurta shartnomasida sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida: sugʻurta obyekti boʻlgan muayyan molmulk yoxud boshqa mulkiy manfaat toʻgʻrisida; yuz berishi ehtimoli tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati toʻgʻrisida; sugʻurta puli mikdori toʻgʻrisida; sugʻurta tovoni mikdorini aniklash tartibi haqida, agar shartnomada uni sugʻurta pulidan oz miqdorda toʻlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa; sugʻurta mukofotining miqdori va uni toʻlash muddati; shartnomaning amal qilish muddati haqida kelishuvga erishilishi lozim. Shaxsiy Sugʻurta shartnomasida taraflar oʻrtasida: sugʻurtalangan shaxs gʻaqida; sugʻurtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimoli tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati; sugʻurta puli mikdori; sugʻurta mukofotining mikdori va uni toʻlash muddatlari; shartnomaning amal qilish muddati va b. xaqida kelishuvga erishilishi lozim.

Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi oʻziga maʼlum boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar mikdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan xrlatlarni sugʻurtalovchiga xabar ^lishi shart. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda javobgar boʻladi. Sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanishi, muddatidan oldin bekor boʻlishi yoki oʻzoʻzidan haqiqiy hisoblanmasligi hollari qonunda koʻrsatilgan. Umrbod Sugʻurta shartnomasi 20 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan fuqarolar bilan tuziladi. 1guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi.

Sotiboldi Boboqulov.


Lotin alifbosida maqola: SUGʻURTA SHARTNOMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YURIDIK SHAXS
XITOY
SUGʻURTA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты