SUGʻURTA QOPLAMASI

SUGʻURTA QOPLAMASI, sugʻurta puli — sugʻurta hodisasi roʻy berganda sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan pul mablagʻlari. Qoidaga koʻra, Sugʻurta qoplamasi miqdori koʻrilgan zarar mikdoridan oshib ketmasligi lozim. Sugʻurta qoplamasi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta summasi doirasida toʻlanadi. Sugʻurta hodisasi roʻy berganda sugʻurtalanuvchi tezda bu haqda sugʻurta kompaniyasiga xabar berishi zarur. Tegishli xabar olinishi bilanoq, sugʻurta kompaniyasi vakili sugʻurtalanuvchi ishtirokida (zaruriyat boʻlganda boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etgan holda) sugʻurta hodisasi yuz berganlik sabablarini oʻrganadi va koʻrilgan zarar miqdorini aniklaydi. Sugʻurta hodisasi roʻy berish sabablari va koʻrilgan zarar miqdori sugʻurta dalolatnomasida oʻz aksini topadi. Sugʻurta dalolatnomasi sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalanuvchiga sugʻurta qoplamasini toʻlash uchun asos boʻladi (q. Sugʻurta).


Lotin alifbosida maqola: SUGʻURTA QOPLAMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SUGʻURTA
SUGʻURTA SHARTNOMASI
PENSIYALAR
PUL ISLOHOTLARI
ALIMENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты