TANLASH

TANLASH — 1) chorvachilikda — nayelchilikdagi sunʼiy tanlash usullaridan biri; hayvonlarni poda va zot ichidan xoʻjalik va seleksion sifat (tashqi koʻrinish) va va mikdor (tirik vazni, jun va tivit chiqishi va b.) belgilari boʻyicha baholab, nayel olish uchun ajratish; chorva hayvonlarini tanlashda ulardagi seleksion belgilarining asosiylari eʼtiborga olinadi. Mas., qorakoʻl qoʻylarida terining sifati, hisori qoʻylarda vazni, tana shakli, sigirlarda sut sogʻimi va tarkibi, yilqichilikda ot tanasining rivoji va shakli asosiy Tanlash belgilari hisoblanadi.

Tanlash ishlari mollarning yoshligidan olib boriladi va har bir guruh uchun oʻziga xos baholash va Tanlash usullari qoʻllaniladi. Mac, buqalarni baholash va Tanlash 1bosqichda genotipi, 2bosqichda oʻsish quvvati, rivojlanishi, eksteryeri, urugʻlantirish qobiliyati, 3bosqichda avlodining sifati boʻyicha oʻtkaziladi. Sigirlar eksteryeri kompleks bahosining 40%ni yelin sifat koʻrsatkichlari, 25% ini oyoq va tuyoq shakli, mustahkamligi, 20%ini gavda tuzilishi shakli, 15% ini sutdorlik tipi tashkil etadi.

Tanlashning samaradorligi populyatsiya soni va uning arealiga, hayvonlarning serpushtligi va mahsuldorligiga, belgilarning nayeldannayelga oʻtish tarzi hamda oʻzgaruvchanligiga, Tanlashning jadalligi va yoʻnalishiga bogʻliq; 2) oʻsimlikshunoslikda — seleksiyaning asosiy usullaridan biri; genetik (q. Genetika) usullar bilan birga tegishli belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan yangi navlar yaratish imkoniyatini beradi. Tanlash oʻsimliklarning hosildorligi, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamlilik va b. belgilari boʻyicha tabiiy va sunʼiy usulda olib boriladi. Tabiiy tanlanishaa maʼlum oʻsish sharoitida koʻproq mukammallashgan va shu sharoitga yaxshiroq moslashgan oʻsimliklar yashab qoladi. Sunʼiy Tanlash inson tomonidan olib boriladi. Oʻsimlikshunoslikda Tanlash, shuningdek, ekin turi, xoʻjalik belgilari va seleksiya maqsadlariga qarab, 3 xil — yalpi, yakka va klon usulda olib boriladi. Yalpi va yakka Tanlash bir va koʻp martali hamda uzluksiz boʻladi. Yalpi (umumiy) Tanlashda qator belgilari eng yaxshi va bir tipli usimliklar ajratib olinadi. Yakka Tanlashda eng yaxshi oʻsimliklar ajratib olinadi va urugʻlari alohidaalohida paykallarga ekiladi. Har ikki usulda ham oʻsimliklar bir marta yoki koʻp marta ekilishi mumkin. Klon (q. Klon tanlash) T. da tuganak, qalamcha, ildiz yoki piyozboshlardan foydalanib, yangi navlar yaratish ham mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TANLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JUN
YER
CHORVACHILIK
BIOLOGIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты