TANNINLI OʻSIMLIKLAR

TANNINLI OʻSIMLIKLAR, oshlovchi moddali oʻsimliklar — tarkibida sanoat miqyosida foydalanish uchun yetarli mikdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) boʻlgan oʻsimliklar. Oshlovchi moddalar poʻstloq, barg, yogʻoch va mevalar, asosan, ildiz xujayralarining parenximali vakuolalarida toʻplanadi. Tarkibidagi tannin mikdoriga qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar —20% dan koʻp); oʻrtacha tanninli (12—20% gacha), kam tanninli oʻsimliklar (12% dan kam boʻlgan) guruhlariga ajratiladi. Tanninli oʻsimliklarning koʻpchiligi tropik mintakalarda, Jan. Osiyo, Jan. Amerika, Avstraliyada uchraydi. Oʻzbekistonda oshlovchi moddalarga boy boʻlgan usimliklar: eman, kashtan, qoraqaragʻay, tilogʻoch, otquloq, anor, rovoch, akatsiya, tol, tut, kermak (boʻyoqchoʻp) oʻsadi. Tanninli oʻsimliklarning 1 gektar plantatsiyasidan 0,5 t gacha oshlovchi moddalar olish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TANNINLI OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
Dj Piligrim - Badanni bo’sh tut
OSIYO
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты