TANTAL RUDALARI

TANTAL RUDALARI — tarkibidagi Ta konsentratsiyasi sanoatda foydalanish uchun texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jihatdan foydali boʻlgan birikma va mikdordagi tabiiy mineral hosilalar. Tantal rudalarida tantal tarkibli 50 dan ortiq mineral bor. T. r. haqiqiy Tantal rudalari va kompleksli tantalniobiy rudalariga (q. Niobiy rudalari) boʻlinadi. Tantal rudalarining asosiy minerallari: kolumbittantalit, tantalit va man gantantalit, vojinit, mikrolit vab. Tantalniobiy rudalarining asosiy minerallari: kolumbit, gatchettolit, piroxlor, loparit, iksiolit. Bulardan Nb bilan birga nisbatan qimmatbaho Ta qazib olinadi. Tantal rudalarida Ta2O5 ning oʻrtacha miqdori 0,012 — 0,03%, baʼzan 0,24% (BernikLeyk, Kanada): tantalniobiy rudalari tarkibida T2O5 0,02 — 0,05% boʻladi. Tantal rudalari konlarining bir necha xil asosiy sanoat va genetik konlari mavjud. Natrolitiy tipidagi nodir metalli pegmatitlarda (q. Pegmatitlar) T. r. albit, mikroklin, kvars, kam darajada spodumen yoki petalitdan, bir necha yuz m dan 1—2 km gacha boʻlgan zonal tomirli tanalardan iborat. Tantalli minerallanish Ta2O5: Nb2O5 1:1 dan 3:1 gacha boʻlgan nisbatda boʻlib, kolumbittantalit, vojinit, iksiolit, mikrolit va b. guruhlar minerallaridan tarkib topgan. Nodir metalli tantalli granitlar (apogranitlar) katta boʻlmagan shtoklar va litiyli slyudalar hamda topaz bilan boyitilgan, oʻzida yupqa xolxolli kolumbittantalit, mikrolitlar boʻlgan mikroklinkvarsalbitli granitlar gumbazlaridan tuzilgan. Pegmatitlarning buzilishi natijasida yuzaga kelgan nurash pusti, dellyuvialallyuvial va allyuvial sochmalar oʻzida kassiterit va kolumbittantalit minerallar guruhini tashkil qiladi. Loparit tarkibli nefelinlisiyenitlar luyavirit, foyalitlardan tarkib topgan. Undan tashqari, karbonatitli va ular bilan assotsiatsiyadagi forsteritapatitmagnetitli jinslardan; mikroklinalbitli rebikit ishqorli granitlar va granosiyenitlardan iborat kompleksli tantalniobiy rudali konlardan sanoatda foydalaniladi. Ozroq mikdordagi tantallar greyzenli konlardagi volframitlardan olinadi. Tantal rudalari gravitatsion metod bilan boyitiladi; juda oz xolxollik boʻlganda flotatsiya metodi qoʻllaniladi. Konsentratlari 13—15% (3 nav) dan 26% (2 nav) gacha va 40% Ta2O5(1 nav); tantalniobiy rudalaridan olinadigan Ta2O50,4 — 0,6% dan 1 — 4% gacha boʻladi. Tantal rudalari xorijda Manitoba, BernikLeyk (Kanada), Paraiba, RiuGrandiduNorti (Braziliya), Shaba (Kongo Demokratik Respublikasi) va b. konlarda mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TANTAL RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TANTAL RUDALARI
KANADA
YER
TANTALIT
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты