SSINKLAR

SSINKLAR (Scincidae), ssinksimonlar — kaltakesaklar oilasi. Gavdasi bir necha sm dan 65 sm gacha; uzun, silliq yoki qirrali tangachalar bilan qoplangan. Oyoklari qisman yoki toʻliq reduksiyaga uchragan; tuproqda in qazib yashaydigan Ssinklarning koʻzi boʻlmaydi. 1200 ga yaqin turi maʼlum; keng tarqalgan, yer yuzasida, yarim daraxtda va tuproqda in qazib yashaydigan turlari bor. Hasharotlar va ayrim yirik turlari mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 5 turi (oltinrang mabuya, uzunoyoq ssink, Oloy, choʻl va Osiyo ilonquyruklari) tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: SSINKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
XITOY
ROSSIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты