TARASKLAR

TARASKLAR (oʻzlarini purepecha deb atashadi) — Meksikadagi indeys xalqlaridan biri. Umumiy soni taxm. 45 ming kishi. Tarasklar tili indeys tillari orasida alohida ajralib turadi. Hozirda Tarasklar ikki tilda (tarask va ispan) soʻzlashadi. Ispanlar bosqini boshlangan davrda (16-a. boshi) Tarasklarning mustaqil davlati (poytaxti — Sinsunsan sh.) mavjud boʻlgan. Tarasklar oʻzlarining etnik hududlari va oʻziga xos madaniyatlarini saklab krlganlar. Dindorlari — katoliklar, anʼanaviy eʼtiqodlar ham saklangan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik (joʻxori, sabzavot, mevalar), koʻllar atrofida yashovchilari baliq ovlash bilan shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: TARASKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKLAR
ISPANIYA
JAHON TILLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты