TARAQQIYOT — rivojlanishnnt oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi. Adabiyotlarda Taraqqiyotni koʻpincha rivojlanish bilan aynanlashtirib koʻyishadi, aslida u rivojlanishning bir yoʻnalishidir. Shuningdek, Taraqqiyotni ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish maʼnosida qoʻllashadi, bu ham bir yoqlama yondashuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qoʻllaniladi. Odatda rivojlanishning 2 muhim yoʻnalishi boʻlib, biri Taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. Taraqqiyotni fakatgina jamiyatga koʻllashning xatosi shundaki, jamiyatdan tashqaridagi sistemalarda ham yuksalish roʻy beradi. Mas., muayyan tirik organizmlarning Taraqqiyoti, bemordagi kasallikning Taraqqiyoti, kimyoviy jarayonning T. i va boshqalar. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun T., boshka sistema uchun regress boʻlishi mumkin. Mas., kasallikning rivojlanishi, kasallikni vujudga keltiruvchi viruslar uchun T. boʻlsa, bemor organizmi uchun inqiroz (regress)dir. Har qanday sistema oʻzining rivojlanishi mobaynida T. ni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi T. ni anglatsa, uning yemirilishi esa inqirozni anglatadi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga xam, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos boʻlgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikromakromegadunyoda ham sodir boʻladi. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish roʻy beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulgʻayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir. Baxtiyor Toʻrayev.