SOʻZ BIRIKMASI

SOʻZ BIRIKMASI — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va b. Har qanday Sb. birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).

Sb. komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga bulinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan Sb. sodda Sb. hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, suz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab Sb. deyiladi. Mas, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe kiyem, mutaxassis — hokim qism).

Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra S b. ning 2 turi farklanadi: ot Sb., feʼl Sb. Ot Sb. hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan Sb. dir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va b.). Feʼl Sb. hokim kismi feʼl bilan ifodalangan Sb. laridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farklanadi: aniqlovchili Soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchil i Sb. (ukamni oʻynatdim) va holli Sb. (tez gapirmoq, qishlokla yashamoq).

Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farklanadi.

Azim Hojiyev.


Lotin alifbosida maqola: SOʻZ BIRIKMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GRAMMATIKA
Ulug'bek Rahmatullaev - Oydin kechalar
TOBELANISH
SINTAKSIS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты