TARDUSHLAR

TARDUSHLAR — Oʻrxun Yenisey bitiklarida uchraydigan atama; Turk xoqonliginpng 2 boʻlimidan birini anglatgan. Xoqonlikning siyosiy tuzilmasiga qabila ittifoqlari bilan bir katorda geofafik belgisiga koʻra 2 harbiy maʼmuriy qabila birlashmasi kirgan: T. (xoqonlikning gʻarbiy qismida yashovchi qabilalar) va tyolislar, yoxud tolislar (xoqonlikning sharqiy qismidagi qabilalar). Ulardan tashkil topgan lashkar Turk xoqonligi qoʻshinining oʻng va soʻl qanotini tashkil etgan. Har 2 birlashmani shadlar boshqargan. Ular xoqon xonadoniga mansub shaxslar boʻlib, xoqon tomonidan tayinlangan. Bu birlashmalar uygʻur davlatlari tuzilmasida saklanib qolgan.

Ad.: Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti Mongolii i Kirgizii, M. L., 1959; Gumilev L . N ., Drevniye tyurki, M., 1967.


Lotin alifbosida maqola: TARDUSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты