TARIM — Xitoyning gʻarbiy qismidagi dare. Kunlun, Qoraqurum, Tyanshan va Pomir togʻlaridan boshlanuvchi Yorkenddaryo, Oqsuv va Xoʻtan daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Yorkend daryosi boshlangan joyidan 2030 km, Markaziy Osiyoda eng uzun dare. Havzasining mayd. 1 mln. km2. Ancha masofada Qashqar (Tarim) tekisligining gʻarbiy va shim. chekkasidan oqadi. Eng sersuv irmogʻi — Oqsuv. Yorkenddaryo va Xoʻtan daryosi baʼzi yillari qurib qrladi. Tarim oʻrta va quyi oqimida juda sertarmoq, asosiy oʻzani ham teztez oʻzgarib turadi. Deltasi murakkab tuzilgan boʻlib, Koʻnchidaryoga tutashgan. Tarimning asosiy qismi Koʻnchidaryoga oqqan yili Lobnor koʻlining maydoni kengayadi, aksincha Koʻnchidaryo suvi Tarimga oqqan yili Lobnor kichrayib yoki butunlay qurib, Krraboʻronkoʻlning maydoni kengayadi. Qadimda Tarimga Qashqar, Tiznaf, Keriya daryolari ham quyilgan. Tarim qor va yomgʻirdan, yuqori oqimida muzlikdan suv oladi; may oyidan sent. gacha sersuv boʻladi. Oʻrta oqimida eng yuqori suv sarfi 2500 m3/sek. Daryo qishda muzlaydi. Baliqqa boy. Suv parrandasi koʻp. Tarim suvidan ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi.